19:14 / 17.10.2024
8

“Lans” klubi Abdiqodir Husanov uchun qancha so‘raydi?

“Lans” klubi Abdiqodir Husanov uchun qancha so‘raydi?
Yangi mavsum Abduqodir Husanov uchun ancha muvaffaqiyatli davom etmoqda. 20 yoshli markaziy himoyachimiz nafaqat Fransiyada, balki Yevropada ham tanila boshladi.

2026 yilgi jahon chempionati Osiyo mintaqasi saralash turniri uchinchi bosqichi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham Abduqodir Husanov mahorat va tajriba bobida ancha o‘sganini namoyish qildi.

Guruhdagi asosiy raqiblar – an’anaviy tarzda hujumkor o‘yin ko‘rsatadigan Eron va Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilarining terma jamoamiz darvozasini ishg‘ol eta olmaganida ham Abduqodirning munosib hissasi bor.

Husanov “Lansda namoyish etayotgan ishonchli o‘yinini O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham ko‘rsata olyapti va himoya chizig‘ining yetakchilaridan biriga aylanib bormoqda.

Fransiya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli le11hdf.fr portali ekspertlari “Lans”ning bu transferi o‘ta muvaffaqiyatli chiqqaniga e’tibor qaratdi.

- Avvaliga “Lans”ning asosiy markaziy himoyachisi Kevin Dansoning “Roma”ga o‘tishga urinishi, keyinchalik avstriyalik futbolchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo va tibbiy tekshirishlar oqibatida boshlang‘ich tarkib o‘yinchisiga aylangan Abduqodir Husanov bu vaziyatdan unumli foydalanib qoldi.

Eng avvalo, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan o‘zbek legioneri o‘z harakatlari bilan hammada ajoyib taassurot qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Ekspertlar Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatli o‘yinini tahlil qilishga kirishdi.

Husanov mavsumni zo‘r boshladi. Endi eng asosiy masala, “Lans” o‘z o‘yinchisi transferi uchun qancha mablag‘ talab qilishida. Bu sarmoya necha baravar bo‘lib qaytadi?

Tahlillar va kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu transfer to‘liq o‘zini oqladi. Abduqodir Husanov Belarus chempionatidan 100 ming yevroga olib ketishni istagan “Lans”dan boshqa jamoalar ham bor edi. Biroq lansliklar bu o‘yinchining iqtidorini o‘z vaqtida payqay oldi, transferga qo‘l urib, tavakkal qilishdan qo‘rqmadi.

Hozir Abduqodir Husanov katta xarajat qilmay turib ham, yaxshi saviyadagi o‘yinchiga ega bo‘lish mumkinligini isbotlab bo‘ldi.

Aslida 100 ming yevro Yevropa klublari uchun kuyib qoladigan narx emas. Agar futbolchi o‘ynab keta olmagan taqdirda ham, Fransiya chempionati hurmatidan “Lans” uni foydasi bilan sotib yuborishi mumkin edi.

Bugungi kunda Husanov Liga 1 ning eng yaxshi markaziy himoyachisi. Haqiqatan ham shunday, u yakkakurashlarda chekinmaydi, to‘pni yo‘qotmaydi, oxirigacha kurashadi
, - deb yozdi nufuzli le11hdf.fr portali eksperti Romen Peshon.

Darhaqiqat, Abduqodir Husanov Fransiyaga kelganidan beri transfer summasi muntazam tarzda bir necha baravar ko‘tarildi. Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali o‘zbek futbolchisining ayni paytdagi transfer narxini 5 million yevroga ko‘tarilganini ma’lum qildi.

“Lans” legionerimizni bu narxga qo‘yib yubormasligi aniq. Qolaversa, Husanov hozirgi darajasida o‘ynar ekan, uning qadri va transfer qiymati yuqorilab boraveradi. Ko‘ramiz, legionerimiz lansliklar safida yana qancha muddat qolarkin...

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Lans” klubi Abdiqodir Husanov uchun qancha so‘raydi?
ePN