21:00 / 18.10.2024
25

Fevzi Davletov: "Potapov ichki muammolar sabab o‘yinlarda o‘ynamayotgandi"

Fevzi Davletov: "Potapov ichki muammolar sabab o‘yinlarda o‘ynamayotgandi"
Superliganing 21-turi doirasida "Nasaf" maydonidagi durangdan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov fikrlarini bildirdi.

- O‘yin huddi birinchi davradagi kabi o‘tdi. "Nasaf" bizning yigitlarning xatolarini kutishini bilgandik. Ular pozitsion o‘ynashdi va ikkinchi hududda bizni kutib olishdi. Dastlabki 15-20 daqiqalikda o‘tish fazalarida bizda xatoliklar kuzatildi va ishlanmalar ko‘rinmadi. Bugun ham "Nasaf" huddi birinchi davradagidek kichik xatodan keyin jazoladi. Qizil kartochkagacha o‘yin o‘rtacha tempda ketayotgandi, chetlatishdan keyin esa bosim kuchayib ketdi. Ya’ni, barcha hissiyotlarga berilib ketib, o‘yinni ochib yuborishdi. Yigitlardan mamnunman, ular o‘yinga bo‘lgan rejani amalga oshira olishdi.

- Garchi bugun jamoangiz peshqadamga qarshi o‘ynagan bo‘lsa-da, hujum triosida yoshlar harakat qildi: Asilbek Jumayev, Abdug‘ofur Haydarov hamda Sarvar Abduhamidov. Sizningcha, ular bugungi bosimni yenga olishdimi?
- Agarda o‘yinga qaraydigan bo‘lsak, Abduhamidov birinchi bo‘limda yo‘qolib qoldi. Asilbek Jumayev esa bunga qadar ham katta o‘yinlarda qatnashgan va unda bu normal holat. Ularning barchasi o‘zlarini yaxshi ko‘rsata olishdi. Bunday stadionda, bunday muxlislar qarshisida o‘ynash yoqimli. Bu stadionda yomon o‘ynab bo‘lmaydi. Kuchni 100 foiz emas, 150 foiz ishlatish kerak bo‘ladi. Bugun ushbu futbolchilar yaxshi kurashishdi va bu yaqqol ko‘rindi.

- "Surxon" ikkinchi bo‘limda faolroq o‘yin ko‘rsatdi. Jamoangiz ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirdimi yoki "Nasaf" tashlab yubordimi?
- Boya aytganimdek, bu o‘yin birinchi davradagi o‘yinni eslatib yubordi. Ular gol urib olganidan keyin bizni ikkinchi hududda kutib olishni boshladi va xatolarimizni kutdi. Bugun ham bu takrorlandi. Tabiiyki, hisobni tenglashtirish uchun oldinga o‘tish kerak. "Nasaf"da bugun vaziyatlar yetarlicha edi, lekin realizatsiya ularga muammo bo‘ldi. Biz to‘g‘ri o‘ynadik. Qizil kartochkalardan chiqib keta olmayapmiz. Bu yomon holat.

- Bugun jamoaga yordam bera olmagan 3 asosiy futbolchining o‘rniga tushirilganlar asosiy futbolchilarning o‘rnini bosa olishdimi?
- Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynashdi. Ular Abdixoliqov, Nasrullayev va Mozgovoyni bosim ostida ushlashdi. Bugun ular faol bo‘lishdi. Ularda vaziyatlardan foydalanish muammo bo‘ldi. Bizda darvozabon yaxshi harakat qildi.

- Potapov bunga qadar ko‘rinmay qolgandi. Uning jarohati bormidi?
- Ichki muammolar bor edi.

- Bugun Behzod Shamsiyev "Surxon"da ilk marta sardor sifatida maydonga tushdi. Uning yetakchilik qobiliyatini qanday baholaysiz? Shuningdek, yosh futbolchi Asilbek Jumayev yosh bo‘lishiga qaramasdan jamoa tarkibidagi 50-uchrashuvida qatnashdi.
- Shamsiyev bugun sardorlikka loyiq o‘yin ko‘rsatdi. Asilbek esa o‘tgan yildan beri asosiy futbolchi. Endi u yosh bola emas. Pasportdagina u yosh bola. Maydonda esa har doim faol, barcha vazifalarni bajarmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fevzi Davletov: "Potapov ichki muammolar sabab o‘yinlarda o‘ynamayotgandi"