11:15 / 20.10.2024
8

Ilyos Zeytullayev: "Ikkinchi taymga biz ruhan yaxshiroq tayyorgarlik bilan chiqdik"

Ilyos Zeytullayev: "Ikkinchi taymga biz ruhan yaxshiroq tayyorgarlik bilan chiqdik"
Superliganing 21-turida "Bunyodkor" "Lokomotiv" mehmoni bo‘ldi va 10 yillik tanaffusdan so‘ng temiryo‘lchilar maydonida g‘alabaga erishdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Lokomotiv"ga og‘ir vaziyatdan chiqib ketishini tilab qolamiz. 6 ochkolik o‘yin ekanligini bilar edik. Yigitlarga bugungi mehnat va ishtiyoq uchun tashakkur bildiraman. G‘alabamizni jamoamiz uqalovchisiga bag‘ishlaymiz.

- Ikki xil taym ko‘rdik. Buning sababi nima?
- Fikringizga qo‘shilaman. Ular birinchi taymda yaxshiroq ko‘rindi va haqli ravishda oldinda bordi. Ikkinchi taymda biz ruhan yaxshiroq tayyorgarlik bilan chiqdik. Tanaffusda, yigitlardan o‘yinni tortib chiqishini iltimos qildik va oxirigacha ishondik. Barcha futbolchilarimizga tashakkur. Og‘ir paytda bizni qo‘llab-quvvatlagan rahbariyatga ham minnatdorchilik bildiraman.

- Siz Italiya futboli murabbiylari orasida kimdan o‘rnak olishni istaysiz?
- Futbolchilik davrimda murabbiylarga e’tibor qaratmagan edim. "Yuventus"dagi davrimda Anchelotti va Lippi bilan ishlaganman, biroq karyeramning katta qismi hozir "Atalanta"da ishlayotgan Gasperini bilan bog‘liq. Kimgadir o‘xshashni istamayman. Barcha murabbiylardan nimadir olib, o‘z uslubimni takommilashtirishni istayman.

- Sobiq o‘yinchi sifatida, O‘zbekiston terma jamoasining JCH saralashidagi ishtiroki haqida fikringiz?
- Eron bilan o‘yinga tirbandliklar sababli yetib bora olmadim. BAAga qarshi bahsni ko‘rdim. Men natija uchun xursandman. Birgalikda himoyalanishmoqda. Shoshilmay, kerakli pallada hujum uyushtirishmoqda. Menga hozir terma jamoamizning o‘yini juda ham yoqmoqda. O‘zbekistonga yurakdan muxlislik qilaman. Yigitlarga ishonaman.

- Chempionlik poygasida "Nasaf" asosiy favoritmi?
- Aynan shu sababli chempionat o‘yinlari qiziq bo‘ladi. Menimcha, sovrinli o‘rinlar va elitada jon saqlab qolish uchun oxirigacha jang bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilyos Zeytullayev: "Ikkinchi taymga biz ruhan yaxshiroq tayyorgarlik bilan chiqdik"