16:41 / 20.10.2024
20

APL grandi Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

APL grandi Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovga Angliyaning “Arsenal” jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Londonliklar “Lans”ning 20 yoshli himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ingliz klubi murabbiyi Mikel Arteta Liga 1 futbolchilariga doimo jiddiy e’tibor qaratgan. Bu safar Abduqodir “Arsenal” nigohida.

Husanov SciSports talqiniga ko‘ra, joriy mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi markaziy himoyachisi sifatida baholangan.

Hozirda futbolchining taxminiy transfer bahosi 9,2 million yevro. Uning “Lans” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.

“Lans” himoyachisi tezligi va sovuqqonligi bo‘yicha Villiam Salibaga taqqoslanmoqda.

Abduqodir Husanov joriy mavsum Liga 1 da 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL grandi Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi