41
Vitaliy Levchenko: "Zamonaviy futbolda natija birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Chiroyli futboldan ma’no yo‘q"
Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi va bugungi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin ikki jamoa uchun ham qiyin kechdi. Tablodagi yakuniy natija esa barchasini ko‘rsatib turibdi. Bugungi natija ikki jamoa uchun adolatli bo‘ldi", - deydi Vitaliy Levchenko.
- O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng "Navbahor" ustunlik qildi. Buning sababi nimada?
- Men sizga yana takrorlayverib charchadim. Hech qanday xavfli vaziyatlar yaratmay to‘pga egalik qilishdan hech qanday foyda yo‘q. Raqib darvozaga zarbalar bermayaptimi, buni ustunlik deb atash noto‘g‘ri. Barchangiz futbolni tushunasizlar, zamonaviy futbolda natija birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Chiroyli futboldan ma’no yo‘q. Tomoshabop o‘yin namoyish etib, ammo 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lishdan hech qanday foyda yo‘q.
"Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvini ko‘rdingizmi? "Navbahor" nechta tezkor hujumlar uyushtirdi, ko‘rdingizmi? Yakuniy hisob qanday bo‘ldi? 1:0 "Navbahor" foydasiga. Italiya chempionatini kuzatib borasizmi? Italiyada butun o‘yin davomida bitta gol uriladi va qaysidir jamoa g‘alaba qozonadi. Men futbolni shunday tushunaman. Ko‘p vaziyatlarga ega bo‘lib, ulardan foydalanmaslikdan naf yo‘q. Derbida xato qiymati juda baland. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi