Promouter Tom Leffler o‘z mijozi, ukrainalik Sergey Bogachukning sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovga qarshi bo‘lajak jangi haqida gapirdi.
«Madrimov Bogachuk uchun yana bir qiyin raqib, ammo o‘ylaymanki, bu Sergey uchun g‘alabali jang bo‘ladi. Agar u Madrimovni mag‘lub eta olsa, yilni ajoyib o‘tkazgan bo‘ladi.
Esingizda bo‘lsin, avvalgi jangida Virjil Ortis 20 ta nokaut bilan 20:0 hisobida rekord o‘rnatgan va muxlislar uni Bogachukni nokautga uchratishini kutishgandi. Ammo Bogachuk uni ikki marta nokdaunga tushirganida, ularning ko‘zi ochilgandi.
Hozir ko‘pchilik Bogachukni bu jangda autsayder sifatida ko‘rmoqda, lekin men uning g‘alaba qozonishiga ishonchim komil. Bu fikrlarni Sergey bilan ishlaganim uchun bildirmayapman. Uning imkoniyatlarini yaqindan bilganim uchun aytyapman», — Lefflerning so‘zlarini keltiradi Boxing Scene.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov va Sergey Bogachuk jangi 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Grandlar nishonida turgan Husanovning o‘yini Yevropada qanday baholandi?
JCH-2026 saralashi. Qirg‘iz Respublikasi Eronga qarshi o‘yinda baribir mag‘lub bo‘ldi