20:19 / 22.10.2024
45

O‘zbekistonlik "oq Tayson" Beterbiyev-Bivol jangida kim g‘olib bo‘lganligini aytdi

O‘zbekistonlik "oq Tayson" Beterbiyev-Bivol jangida kim g‘olib bo‘lganligini aytdi
Xabaringiz bor, professional boksning yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev ringga ko‘tarilishdi. Yakunda Beterbiyev ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Natija adolatsiz bo‘lganligi, kamida durang qayd etilishi yoki Bivolning g‘alabasini e’tirof etganlar ham ko‘pchilikni tashkil etdi. Biz ushbu qarama-qarshilik borasida boksimiz afsonasi Ruslan Chagayevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Jang qiziqarli kechdi. Dastlabki raundlarda Bivol yaxshi harakat qildi. Biroq, jangning ikkinchi yarmida Beterbiyev qo‘sha oldi. Bivolda esa passivlik kuzatildi. Ko‘rgan bo‘lsangiz Beterbiyev ko‘proq harakat qildi. Ko‘proq zarbalar berdi va eng asosiysi yakuniy raundlarni ham o‘ziniki qilib oldi. Mening hisobimda raundlar bo‘yicha 7:5 Beterbiyev oldi. Natija menimcha adolatli bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik "oq Tayson" Beterbiyev-Bivol jangida kim g‘olib bo‘lganligini aytdi