16
Sun’iy intellekt shifokorlarga rentgen tasvirlari orqali suyaklar sinishini aniqlashga yordam beradi
Foto: Getty Images
Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamni takomillashtirish instituti (NICE) sun’iy intellekt rentgen tasvirlarini tahlil qilishda shifokorlar tomonidan ko‘zdan qochirilgan siniqlarni kamaytirishga yordam berishi mumkinligini ma’lum qildi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, mazkur texnologiya xavfsiz va tashxis qo‘yish jarayonini tezlashtirishi mumkin, shu bilan birga u shifokorlarga tushadigan bosimni qisqartirishga xizmat qiladi. Angliya tez yordam xizmatiga sun’iy intellektga asoslangan to‘rtta vositadan foydalanish tavsiya etiladi.
Bunda sun’iy intellektning o‘zi yolg‘iz ishlamaydi — har bir tasvir tibbiyot xodimi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
NICE’ning qayd etishicha, suyak sinishi bilan bog‘liq 3-10 foiz holatlarda tashxis to‘g‘ri qo‘yilmaydi — bu tez yordam bo‘limlarida eng ko‘p uchraydigan xatolik. Har kuni minglab rentgen tasvirlarini tahlil qiladigan malakali mutaxassislar esa Milliy sog‘liqni saqlash tizimiga yetishmaydi — mamlakatdagi rentgenolog vakansiyalarining 12,5 foizi bo‘sh.
«Sun’iy intellektning mazkur texnologiyalaridan foydalanish xavfsiz va inson ko‘zdan qochirgan siniqlarni aniqlashga qodir», — deydi NICE’ning sog‘liqni saqlash sohasidagi texnologiyalari bo‘yicha direktori Mark Chepmen. Uning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt, shuningdek, tashxis qo‘yishni tezlashtirishi va shifokor qabuliga qayta tashriflar sonini qisqartirishga xizmati qilishi mumkin.
Avvalroq AQSh tez orada Xitoydagi sun’iy intellekt texnologiyalariga investitsiya kiritishni cheklashi to‘g‘risida xabar berilgandi. Hozirda Xitoydagi sun’iy intellekt, yarimo‘tkazgichla va mikroelektronika texnologiyalari sohasiga kiritiladigan investitsiyalarni tartibga soladigan yakuniy qoidalar tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Grandlar nishonida turgan Husanovning o‘yini Yevropada qanday baholandi?
JCH-2026 saralashi. Qirg‘iz Respublikasi Eronga qarshi o‘yinda baribir mag‘lub bo‘ldi