18:28 / 25.10.2024
30

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov yana legionerga aylandi

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov yana legionerga aylandi
O‘zbekiston Olimpiya jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov faoliyatini legioner sifatida davom ettiradi. Yarim himoyachi Ozarboyjon chempionatiga yo‘l oldi.

Foto: Instagram
“Sumgait” klubi Jasur Jaloliddinov bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. 22 yoshli futbolchi yangi klubida 77-raqamda o‘ynaydi.

22 yoshli futbolchi bunga qadar "Bunyodkor", "Lokomotiv" Moskva, "Tambov", "Andijon", "Lokomotiv" (Toshkent), "Qayrat", "Olimpik" va "Neftchi" klublarida to‘p tepgan.

Ma’lumot uchun, "Sumgait" 2010 yilda tashkil etilgan. O‘z uy o‘yinlarini 15350 tomoshabinga mo‘ljallangan "Sumgait Siti" stadionida o‘tkazib kelmoqda.

Ayni paytda ushbu klubda o‘zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan hujumchi Silvanus Nimeli va himoyachi Milosh Milovich to‘p tepmoqda. "Sumgait" Ozarbayjon chempionatida 10 ta o‘yindan 7 ochko to‘plab, 10 ta klub orasida 8-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov yana legionerga aylandi