11
Angliyada musulmon ayol futbolchi shorti kiyishdan bosh tortgani uchun maydonga kiritilmadi
Foto: Aljazeyera
Ilgari Somali terma jamoasi sardori bo‘lgan 24 yoshli Iqra Ismoil o‘tgan yakshanba kuni ayollar ligasining “United Dragons” jamoasidagi debyut o‘yinida diniy sabablarga ko‘ra shorti kiymagani uchun maydonga tusha olmadi.
“Men hakamdan “Siz mening diniy e’tiqodim va shorti kiya olmasligim uchun o‘ynashim mumkin emas, deyapsizmi?” deb so‘radim. Va u javob berdi: “Ha”. Men juda xafa bo‘ldim. Men qattiq xafa bo‘lganimda va g‘azablanganimda yig‘laydiganlardanman. Ko‘z yoshimni ko‘rgach, u vaziyatning jiddiyligini angladi.
Bu kabi hodisalar bizda o‘yinning tuzilishi haqida hali ham bilim yetishmasligidan dalolat beradi. Mening kiyinishimga muxlis emas, liga va hakam e’tiroz bildirdi. Bular rasmiy lavozimlarni egallab, o‘yin jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan odamlardir. Agar bu kabi odamlar madaniy va diniy tafovutlar haqida to‘g‘ri bilimga ega bo‘lmasa va odamlarning o‘yinda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymasa, demak, men kelajakka umidimiz katta emasligiga ishonchim komil.
Shu sababdan ko‘p ayollar ligada umuman o‘ynamaydilar – ularga avvalroq klublar, liga va hakamlar o‘ynay olmasliklarini aytishgan. Men juda qaysarman. Ko‘pchilik aynan shu sababdan futbolga mehr qo‘ymagan.
Futbolda odamlar o‘zlariga harakat qilish erkinligini beradigan juda ko‘p qoidalar mavjud. Misol uchun, agar siz formangiz ostida uzun yengli top kiysangiz, u formangiz bilan bir xil rangda bo‘lishi kerak, ammo bu qoidaga hamma amal qilmaydi. Men buni hakamga ko‘rsatdim. Ammo bunday jiddiy sababga ega bo‘lgan narsa haqida gap ketganda, hech qanday erkinlik berilmaydi”, dedi Ismoil.
Seshanba kuni ayollar ligasi (GLWFL) o‘yinchini qo‘llab-quvvatlab, voqea FA ko‘rsatmalarining “noto‘g‘ri talqin qilinishi” tufayli sodir bo‘lganini aytdi. Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (IFA) qoidalariga ko‘ra, shortilar majburiy jihoz hisoblanadi, ammo GLWFL va FA formalari futbolchilarning diniy e’tiqodlariga nisbatan tolerant bo‘lishi kerakligini aytadi.
“Bizning tushunishimizcha, o‘yinchilarga oyoqlarini yopish uchun tayt yoki sport shim kiyishga ruxsat berilgan, biroq qoidalarga ko‘ra ular ham tepasidan shorti kiyishlari kerak. Aynan shu talabga hakam rioya qilishga harakat qildi.
Biroq, biz sport kostyumi ustidan shortilar kiyish shart emasligini bilib oldik va o‘yin hakami o‘yinchilarning imkon qadar qulay sharoitda bo‘lishini ta’minlash uchun buni hisobga olishi kerak. Biz barcha hakamlarimizga yangilangan tavsiyalarni beramiz. Biz barchani, shu jumladan, Iqrani ham, boshqa futbolchilarni ham o‘z diniy e’tiqodlariga zid bo‘lmagan kiyim kiyishlari mumkin degan tamoyilni to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizga ishontirmoqchimiz”, — deyiladi liga bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rodri “Oltin to‘p”ga aslida kim olishi kerakligini aytdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya endi o‘zining milliy xavfsizlik masalalarini boshqalar bilan muvofiqlashtirmaydi”
O‘t qopidagi toshlar qanday va qayerdan paydo bo‘ladi?
Pentagon sobiq maslahatchisi: Ukraina 2025 yil Rossiyaga qarshi urushda yengilishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Xarkiv markazidagi YUNESKO obyektiga havo hujumi uyushtirdi
O‘zbekistonda autstaffing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi
Elchi: Zelenskiyning BRIKS sammiti haqidagi so‘zlari “haqiqatdan yiroq”
JAR Xalqaro sudga Isroil jinoyatlari bo‘yicha dalillarni taqdim etdi