
Sobiq jahon chempioni Vyacheslav Senchenko hamyurtimiz Isroil Madrimov va ukrainalik Sergey Bogachuk jangi uchun oʻz prognozlarini bildirdi.
"Bu juda kuchli toʻqnashuv boʻlishi aniq. Imkoniyatlarni 50/50 deb baholagan boʻlardim. Isroil ham Bogachuk ham yaxshi havaskor boksda yaxshigina tajribaga ega. Ammo men Sergeyni favorit deb hisoblayman. Uslub juda yuqori tempga qurilgan. Fikrimcha, Bogachuk yaxshi temp qoʻsha olsa, Madrimov uni ushlab olishi qiyin boʻladi. Men Bogachukning gʻalabasiga koʻproq ishonyapman", - dedi Senchenko Viktor Valievning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Isroil Madrimov (10-1-1, 7 KO) va Sergey Bogachuk (24-2, 23 KO) jangi 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar