
O‘zbekiston hakamlar markazi Superliga 23-tur doirasidagi “Lokomotiv” — “Nasaf” o‘yinida mezbonlar himoyachisi Ivan Rogachga 35-daqiqada ko‘rsatilgan qizil kartochka bo‘yicha rasmiy izoh berdi.
“Mazkur bahsning 35-daqiqasida bosh hakam Ahrol Risqullayev burchak zarbasi amalga oshirilishi oldidan toshkentliklarning 4-raqamli vakili Ivan Rogachni og‘zaki ogohlantirgan. Ammo bunga javoban futbolchi referining oilasiga nisbatan o‘z tilida keskin haqorat qilgan. Buni serb tilini tushunadigan Risqullayev eshitgan va unga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatgan”, deyiladi O‘zbekiston hakamlar markazi rasmiy munosabatida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar