25
Jamshid Saidov: "Darvozamizga kiritilgan ilk gol kulguli bo‘ldi, ikkinchisida esa to‘pni o‘z darvozamizga kiritib qo‘ydik"
Superliga 23-tur doirasidagi "Qizilqum" — "Dinamo" o‘yinidan so‘ng navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
— Bugun omadimiz kelmadi. Yigitlar kurashishdi, ammo bahs so‘nggida bizdan biroz omad yuz o‘girdi.
— Oldingi turda "Paxtakor" bilan chiroyli o‘yin bo‘lgandi. Bugun nima yetishmadi deb o‘ylaysiz?
— Keskin va hujumdagi aniqlik yetishmadi deb o‘ylayman. Lobjanidze "Paxtakor" bilan o‘yinda jarohat oldi. Yomon o‘ynamadik, vaziyatlar bo‘ldi. Ammo, biroz omadimiz kelmadi.
— Darvozamizga kiritilgan ikki golni ham kutilmagan deb o‘ylaysizmi?
— Umuman olganda, birinchi gol kulgili bo‘ldi. Ikkinchi gol esa darvozamiz tomon aniq bormayotgan bo‘lsa ham o‘zimizga urib qo‘ydik. Vahobov o‘z darvozamizga kiritib qo‘ydi.
— O‘yinda hakam bilan tortishib qoldingiz va og‘zaki ogohlantirish oldingiz. Nima bo‘ldi?
— Bunaqasi bo‘lib turadi. Emotsiya va shu sabab ogohlantirish oldim. Hakam qarorini umuman o‘zgartirmaydi, u tabiiyki vaziyatlarda o‘zini haq deb hisoblaydi.
— Mavsum oldidan qo‘ygan qaysi maqsadlaringizga erishdingiz va qaysi o‘yinchilar umidingizni oqladi. Shuningdek, kelasi mavsum uchun rejalar qanday?
— Hali uch tur bor, jadvalda o‘zgarishlar bo‘ladi. Quyidagi jamoalar ligadagi o‘rnini saqlab qolishga urinmoqda. Chempion nomi aniq, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun ham kurash boradi.
— Mavsum oldidan olib kelgan o‘yinchilar o‘zini oqladimi?
— Buni mavsum so‘nggida aytsa bo‘ladi.
— "Qizilqum" o‘rinbosarlar jamoasi so‘nggi mavsumlarda yomon o‘yin ko‘rsatmayapti. Undagi yoqqan ayrim o‘yinchilarni ayta olasizmi. Shuningdek, jamoaning mahalliy o‘yinchilardan ko‘ra legionerlarga bo‘lgan ehtiyoji balandmi?
— Mahalliy o‘yinchi to‘ldira olmaydigan va kuchaytirmoqchi bo‘lgan pozitsiyangiz uchun legioner olasiz. O‘rinbosarlar jamoasi yomon qatnashmayapti va ulardan 4-5 o‘yinchi olamiz. Masalan, Bozorov va Asadov. Ular zaxirada o‘tirishadi va ularga imkoniyat berishadi. Bundan tashqari, ular mahalliy o‘yinchilar va kuchayishga harakat qilishlari kerak.
— 17-raqamda o‘ynaydigan Muhammadali G‘iyosovga xaridorlar ko‘paygan degan mish-mishlar yuribdi. Bu qanchalik rost?
— Ha, u rivojlanmoqda va gollar urmoqda. U medallar uchun kurashadigan va chempionlikka intiladigan jamoalarda o‘ynash darajasiga chiqdi. Unda takliflar bor. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Uchta turni o‘tkazib olaylik, keyin yakuniy xulosalar chiqaramiz.
— "Qizilqum" deyarli barcha o‘yinlarini Qarshida "Markaziy" stadionida o‘tkazdi. Mashg‘ulot jarayonlari sizga qay darajada qulaylik yoki noqulaylik tug‘dirmoqda.
— Oldinam aytganman. Biz 300 kilometr yo‘l bosim mashg‘ulot o‘tkazamiz va o‘ynaymiz. Bu katta farq. O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi deyishadi. Agar o‘z uyimizda o‘ynaganimizda, o‘yinchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqoriroq bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi
Xitoyda kriptovalyutada pora olgan amaldor kommunistik partiyadan o‘chirildi
Ta’sirchanlik, bezovtalik, horg‘inlik... nevrologik kasallik alomatimi?