
Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun qaydnomani e’lon qildi.
O‘zbekiston terma jamaosi FIFA kunlarida JCH-2026 saralash bosqichi doirasida 14 noyabr kuni Dohada Qatarga qarshi, 19 noyabrda esa Ventyan shahrida Shimoliy Koreyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.
Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati bilan tanishing:
Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov (“Fulad”, Eron), Botirali Ergashev (“Neftchi”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Rubin”, Rossiya), Umarbek Eshmurodov (“Selangor”, Malayziya), Husniddin Aliqulov (“Rizespor”, Turkiya), Abduqodir Husanov (“Lans” Fransiya), Farruh Sayfiyev (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Umar Adhamzoda (“Paxtakor”);
Yarim himoyachilar: Jamshid Iskanderov (“Navbahor”), Aziz Turg‘unboyev (“Sivasspor”, Turkiya), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Odiljon Hamrobekov (“Navbahor”), Abdulla Abdullayev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Al-Feyha”, Saudiya Arabistoni), Abdurauf Bo‘riyev (“Paxtakor”);
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Roma” Italiya), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron), Hojimat Erkinov (“Al-Vahda”, BAA), Abbosbek Fayzullayev (“SSKA” Rossiya), Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron).
 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 