date
views 155

SSKA safarda “Krilya Sovetov”ni mag‘lub etdi, Abbosbek Fayzullayevdan golli uzatma (video)

SSKA safarda “Krilya Sovetov”ni mag‘lub etdi, Abbosbek Fayzullayevdan golli uzatma (video)
Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasining 15-turi doirasida “SSKA” “Krilya Sovetov”ga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo‘lim oxirida Abbosbek Fayzullayevning uzatmasidan so‘ng Diveyev hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa “Krilya Sovetov” hisobni tenglashtirdi. 84-daqiqada Krugovoy moskvaliklarga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev esa maydonda to‘liq harakat qildi va Sofascore talqiniga ko‘ra 7,3 ball bilan baholandi.

"Krilya Sovetov" — SSKA 1:2
Gollar
: 0:1 – 45+5 Diveyev, 1:1 – 60 Dmitriyev, 1:2 – 84 Krugovoy.

"Krilya Sovetov": Lomayev, Beyl (Babayev, 90+1), Soldatenkov, Gaponov, Rasskazov (Ivanisenya, 76), Pechenin, Dmitriyev (Shitov, 76), Yejov (Galdames, 90+1), Oleynikov (Garre, 76), Mendes, Sergeyev.

SSKA: Akinfeyev, Moyzes, Lukin, Diveyev, Gayich (Krugovoy, 68), Kelven, Kislyak (Musayev, 46), Pyanich (Bistrovich, 82), Fayzullayev, Guarirapa (Glebov, 77), Koyta (Zdelar, 46).

Ogohlantirish: Koyta (18), Oleynikov (35), Mendes (45), Galdames (90+5).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » SSKA safarda “Krilya Sovetov”ni mag‘lub etdi, Abbosbek Fayzullayevdan golli uzatma (video)