Superliga 24-tur doirasidagi "Andijon" — "Qizilqum" o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Birinchi navbatda bugungi o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rgandik. Biz "Andijon" qanday o‘ynashidan xabardor edik. Andijondan bir ochko bilan qaytayotganimiz yaxshi. Bunday muxlislar oldida o‘ynash oson emas. O‘zimizning muxlislarga ham rahmat, ular uzoq yo‘l bosib kelishdi. Bugungi o‘yindagi ishtiyoq va kurash uchun futbolchilarimdan minnatdorman", - dedi Jamshid Saidov.
- "Qizilqum"ning asosiy tarkib futbolchilari G‘iyosov va Kuxianidze bugungi uchrashuvda maydonga tushishmadi. Ushbu holat jamoangiz o‘yiniga qanchalik ta’sir o‘tkazdi?
- Jarohat va sariq kartochkalar tufayli ular bugungi bahsni o‘tkazib yubordilar. Bu o‘z so‘zini aytdi.
- Ikkinchi taymda maydonga tushirilgan Bobomurod Bozorov yana zaxiraga olindi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- Bu taktik o‘zgarish edi.
- Joriy mavsum Kubokda va Superligada "Qizilqum" "Andijon"ni mag‘lub eta olmadi. Bunga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
- Biz Xomyakov bilan uzoq vaqt davomida birga ishlaganmiz. "Andijon" jamoasini ham juda yaxshi taniyman. Biz nazorat o‘yinida ham jangovar durangga imzo chekkandik. Bu raqobat. Superligadagi raqobat yildan-yilga o‘sib bormoqda.
- "Qizilqum" bugun bir ochkoni qo‘lga kiritdimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi?
- Menimcha bir ochko qo‘lga kiritdik. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi