117
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
Championat.asia sayti vakillari Dohada O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipovni suhbatga tortishdi.
- Jaloliddin, shamollab qolganingiz tufayli oxirgi o‘yinda ishtirok etmadingiz. Buning alomatlari jiddiy emasmi?
- Jiddiyroq edi. Oxirgi o‘yindan oldin tuni bilan isitmalab chiqdim va mehmonxonada qolishimga to‘g‘ri keldi. Mana hozir terma jamoa ixtiyoriga yetib keldim. Ozgina asoratlari bor. Xudo xohlasa, termamiz o‘yinigacha sog‘ayib ketaman degan umiddaman.
- Jamoangiz OCHLda Neymar yetakchiligidagi "Al Hilol"ga qarshi o‘ynadi. Jamoangiz kuchli raqibga mag‘lubiyatga (0:3) uchraganiga qaramay, uchrashuv qiziq kechdi. Natija qoniqarsiz, ammo o‘yin chiroyli o‘tdi. Ushbu bahs haqida fikrlaringizni bildirib o‘tsangiz...
- "Al Hilol"da dunyo yulduzlari yig‘ilgan. Shunga qaramay, munosib harakat qildik. Uchrashuvdan oldin yigitlarga aytib o‘tgandim, sheriklarim professional futbolchilar, buni to‘g‘ri qabul qilishdi. Ularga hozirgi kunda futbolni nomlar o‘ynamasligini ta’kidladim. Raqib kichik xatolarimizdan unumli foydalandi. Bizda ham bir talay imkoniyatlar paydo bo‘ldi, ammo ulardan foydalanishda oqsadik. "Al Hilol"dagi o‘yinchilar xatolarni kechirmaydi va bundan foydalanib qoladi.
- Bizni xursand qilgani, Srechko Katanes kecha tunda terma ixtiyoriga qo‘shildi. Avvalgi 2 ta o‘yinda usiz maydonga tushishga to‘g‘ri kelgandi. Uning yo‘qligi qaysidir jihatdan sezilganmidi?
- Xohlaymizmi-yo‘qmi, u bosh murabbiy. Uning gapiradigan gaplarini eshitib turishga o‘rganib qolganmiz. U yonimizda bo‘lsa, bu biz uchun yaxshi. Uning kelgani nafaqat futbolchilar, balki muxlislarni ham xursand qildi deb o‘ylayman.
- O‘zbekiston 14 noyabr kuni Qatarni mag‘lub etsa, yaqin raqiblar bilan 9 ochkolik katta tafovut hosil bo‘ladi – Eron va O‘zbekiston oldinlab ketadi. Shu o‘yin haqida qanday fikrdasiz?
- O‘ylaymanki, Qatar bilan bahs faoliyatimdagi eng muhim uchrashuvlardan biri. Ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz. Buni barcha futbolchilar tushunib turibdi. Xudo xohlasa, qo‘limizdan kelgan barcha narsani ishga solamiz. Bundan tashqari, Qatar bilan hisob-kitobimiz ham bor.
- Turkmanistonda intervyu qilganimizda aytgan edim. Xudo xohlasa, shu yilning o‘zida mundial yo‘llanmasini hal qilishimiz kerak. 6 ochkolik bo‘lajak o‘yin oldidan qanday motivatsiyaga egasiz va jamoadoshlaringizdan nimalarni kutmoqdasiz?
- Yilning 2 ta muhim o‘yini. Umuman olganda, faoliyatimizdagi eng muhim bahslar deb bilaman. Bundan-da muhim o‘yinlar bo‘lmaydi. Menimcha, hech kimga motivatsiya zarur emas, buni barcha futbolchilar anglab turibdi. Xudo xohlasa, hammamiz bor kuchimizni berib, shu yil JCH yo‘llanmasini naqd qilamiz.
Qatar – O‘zbekiston uchrashuv 14 noyabr kuni 21:15 da boshlanadi. KXDR – O‘zbekiston to‘qnashuvi esa 19 noyabr kuni 17:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi