date
views 62

Rodri "Oltin to‘p" uchun so‘rovnomada kimga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

Rodri "Oltin to‘p" uchun so‘rovnomada kimga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi
Manchester Siti” klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrining “Oltin to‘p” uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma jarayonida kimga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, futbolchi o‘zini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ispaniyalik futbolchining reytingida ikkinchi o‘rinda "Real" himoyachisi Dani Karvaxal joylashgan. "Los-Blankos"ning braziliyalik vingeri Vinisius Junior esa uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Qayd etish lozimki, Rodri Angliya Premer-ligasi klublari orasida 2008 yildan beri “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan birinchi futbolchi bo‘ldi. "Oltin to‘p"ning yakuniy natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni “Real” hujumchisi Vinisius Junior egalladi. Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem esa uchinchi bo‘ldi. Kuchli beshlikka himoyachi Daniel Karvaxal (“Real”) va hujumchi Erling Xoland (“Manchester Siti”) kirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rodri "Oltin to‘p" uchun so‘rovnomada kimga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi