
Foto: OʻFA matbuot xizmati
OFK tomonidan oʻtgan yil yakunlariga bagʻishlangan taqdirlash marosimida Abbosbek Fayzullaev “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sifatida e'tirof etilgan edi.
Ayni kunlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Ventyan shahrida boʻlib turgan futbolchiga OʻFA rahbariyati tomonidan ushbu mukofot topshirildi.

Foto: OʻFA matbuot xizmati
AFC Awards 2023 taqdirlash marosimida oʻzbekistonlik futbolchidan tashqari yaponiyalik Kagu Navata (“Kamigaku U-18”) hamda Janubiy koreyalik Bae Jun Ho (“Stok Siti”) ushbu mukofotga nomzodlar qatorida tilga olingan edi.

Foto: OʻFA matbuot xizmati

Foto: OʻFA matbuot xizmati
Eslatib oʻtamiz, Fayzullaev kecha, 14 noyabr kuni Qatarga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda “dubl”ga erishgandi.
Ma'lumot uchun, bugun Oʻzbekiston MTJ KXDRga qarshi safar uchrashuvida ishtirok etish uchun Laos poytaxti Ventyan shahriga etib keldi.
KXDR — Oʻzbekiston uchrashuvi 19 noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Lao” stadionida boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar