O‘zbekistonda keyingi yillarda iste’dodli futbolchilar kamol topib kelmoqda. Sekin-asta yosh o‘yinchilarimiz ham turli mamlakatlar chempionatlarini zabt etib kelmoqda.
Bugungi kunda dunyoning o‘ttizdan ziyod mamlakatlarida o‘zbek legionerlari turli darajadagi klublarda to‘p tepmoqda. Ular orasida Yevropaning Italiya, Fransiya, Rossiya, Turkiya, Serbiya, Osiyoning Saudiya Arabistoni, Eron, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi kuchli ligalarida o‘ynayotgan futbolchilarimiz ham oz emas.
Futbolchi uchun yoshlar futbolidan professional darajaga ko‘tariladigan palla eng muhim davr hisoblanadi. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda porlagan va iste’dodini namoyish qilgan hamma futbolchilar ham kelajakda professional faoliyatini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ya olmaydi. Jahon futbolida ham, o‘zbek futbolida ham bunga yetarlicha misollar bor.
Bu jarayonda ko‘p narsa avvalo o‘yinchining o‘ziga, keyin esa uning murabbiyiga bog‘liq. Temur Kapadze O‘zbekiston U-23 terma jamoasi murabbiyi sifatida bir necha futbolchilarni katta futbolga muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlay oldi. Uning qo‘l ostida pishgan o‘yinchilarning bir necha nafari bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi yoki nomzodi hisoblanadi.
Temur Kapadze Rossiya ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ayrim iste’dodli o‘yinchilarimiz haqidagi savollarga javob berdi.
— Abduqodir Husanov 20 yoshidayoq, “Lans”ning asosiy himoyachisiga aylandi. U Yevropa darajasidagi yulduz bo‘la oladimi?
— Buning uchun unda hamma imkoniyat bor. Husanov tezligi, kuch-quvvati, texnikasi yaxshi rivojlangan, maydonni yaxshi ko‘ra oladigan futbolchi.
Uning yoshida Fransiya chempionatida asosiy o‘yinchilardan bo‘lishning o‘zi juda katta yutuq. Men Husanov Yevropaning top-klubida o‘ynaydi, deb hisoblayman. U katta klublarda o‘ynab ketishga qodir o‘yinchi.
— Siz bosh murabbiy sifatida Oston O‘runovni Olimpiadaga chaqirgandingiz. Hozir u Eronda porlayapti. U faoliyatini qayta kuchaytirishi mumkinmi?
— Agar yaxshi murabbiy qo‘l ostiga tushsa, shunday qila oladi. Oston O‘runovning salohiyati aqlbovar qilmas darajada kuchli. U jismonan ham, texnik tomondan ham yaxshi rivojlangan o‘yinchi.
— Unaqada muammo nimada?
— O‘runov juda yopiq yigit, kollektivbop emas. Qayerdadir xarakteri pand berdi, ayrim vaziyatlarda chidashi va o‘zini o‘zi yengib o‘tishi kerak edi. Oston Rossiyada to‘qnash kelganlariga hali tayyor emas ekan.
O‘runov bor e’tiborini futbolga qarata olmadi. Lekin uning iqtidori Abbosbek Fayzullayevnikidan kam emas. Futbol atrofidagi narsalar uni chalg‘itib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsumda “Lans” safidagi mazmunli o‘yinlari orqali PSJ, “Chelsi”, “Tottenxem”, “Everton”, “Marsel” kabi Yevropaning mashhur klublari e’tiborini qozondi. Bir necha klublar legionerimizning o‘yinini kuzatish uchun “Lans” o‘yinlariga o‘z skautlarini jo‘natishi odatiy holga aylandi.
Oston O‘runov esa Rossiya Premer-ligasida “Ufa”, “Spartak”, “Ural”dagi muvaffaqiyatsiz bosqichdan keyin ma’lum muddat yurtimizda to‘p tepdi va keyinchalik Eronga yo‘l oldi. Forslar yurtida legionerimiz o‘tgan mavsum “Persepolis”ning chempionligiga munosib hissa qo‘shdi. Ayni paytda O‘runov Eron chempionatining eng kuchli futbolchilaridan biriga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi