Braziliyalik UFC jangchisi Deyvison Figeyredu (24-3-1) rossiyalik Pyotr Yan (17-5)ga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi.
“Men og‘zimda kumush qoshiq bilan tug‘ilmaganman. Men o‘rmondanman. Otam dehqon edi va u meni har doim yovvoyi hayvonlar bilan shug‘ullanishim mumkin bo‘lgan o‘rmonda o‘stirgan. Shu sharoitdan chiqib, UFC chempioniga aylandim. Ayni paytda esa men juda ochman. Oktagonga kirib, eng yaxshi jangchi ekanligimni isbotlayman. Men o‘ta yengil vazn toifasida UFC kamari uchun jang qilmoqchiman. Bo‘lajak raqibimga kelsak, biz Yanni diqqat bilan o‘rgandik. Uning bir qator kamchiliklari bor. Uning bazasi kurash yoki jiu-jitsu emas. Shu bois bundan muvaffaqiyatli foydalanishim mumkin", — dedi Figeyredu.
Eslatib o‘tamiz, Deyvison Figeyredu va Pyotr Yan to‘qnashuvi 23 noyabr kuni Xitoyda, "UFC Fight Night 248" turnirida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi