21:27 / 20.11.2024
2

Ukraina bosh murabbiyi Sergey Rebrov rus tilida muloqot qilishdan bosh tortdi

Ukraina bosh murabbiyi Sergey Rebrov rus tilida muloqot qilishdan bosh tortdi
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Rebrov jurnalistlar bilan rus tilida muloqot qilishdan bosh tortdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Mutaxassis UYEFA Millatlar Ligasi doirasida Albaniya bilan safar o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan tarjimon Rebrovdan uning javobini rus tilida takrorlashni so‘radi. Mutaxassis bunday qilishdan bosh tortdi: “No Russian”.

Rebrov savollarga ingliz tilida javob bera olishini qo‘shimcha qildi. Shundan so‘ng, matbuot anjumaniga boshqa tarjimon qo‘shildi va alban jurnalistlarining Ukraina tomoniga bergan savollarini ingliz tiliga tarjima qildi, Rebrov va Yaremchuk ingliz tilida javob berdi.

Ma’lumot uchun, Rebrov 2008 yildan 2009 yilgacha Rossiya Premer Ligasida (RPL) o‘ynagan. Futbolchi Qozonning “Rubin” jamoasi bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ukraina terma jamoasi Millatlar ligasining B guruhining hal qiluvchi bahsida Albaniyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

G‘alaba Ukrainaga B divizionidagi o‘z o‘rnini saqlab qolish, hatto A divizioniga chiqish uchun pley-off bosqichida qatnashish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ukraina bosh murabbiyi Sergey Rebrov rus tilida muloqot qilishdan bosh tortdi