14:00 / 25.11.2024
7

Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosovning Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun litvalik Eymantas Stanionisga qarshi jangi 1 mart kuni o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu chempionlik jangi 2025 yilning 1 mart kuni AQSHning Bruklin shahridagi “Barclays Arena”da tashkil etiladigan professional boks oqshomi doirasida o‘tkaziladi. Jang asosiy karddan o‘rin olgan.

Mazkur oqshomning markaziy jangida esa Jervonta Devis va Lamont Roach bahsi tashkil etiladi. Bu jang 14 dekabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, biroq keyinchalik 1 mart sanasiga ko‘chirilgandi.

Ma’lumot uchun, Stanionis so‘nggi jangini may oyi boshida Gabriel Maestrega qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchgandi. G‘iyosov esa 31 iyul kuni Migel Parra bilan jangda g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi