Shu yilning 14 mart kuni FIFA rasmiy ma’lumot berdi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra, U-17 Jahon chempionati bundan buyon har ikki yilda bir marta emas, balki har yil o‘tkazib kelinadi va 2025-2029 yillar oralig‘ida musobaqaga faqat Qatar mezbonlik qiladi.
Xabaringiz bor, shu yilning oktyabr oyida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash o‘yinlarida ishtirok etib, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddaladi va Osiyo chempionati ishtirokchisiga aylandi.
U-17 Osiyo chempionati 2025 yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Bu musobaqaga o‘smirlarimizni Islom Ismoilov tayyorlaydi. Musobaqaga hali qur’a tashlangani yo‘q, bizga ma’lum bo‘lishicha, dekabr oyida qur’a tashlanadi. Shunisi aniqki, qur’a jarayonida O‘zbekiston 1-savatchadan joy oladi.
1-savatcha: Saudiya Arabistoni (mezbon), Yaponiya, Janubiy Koreya, O‘zbekiston.
2-savatcha: Eron, Yaman, Avstraliya, Tailand.
3-savatcha: Afg‘oniston, Tojikiston, Xitoy, Vetnam.
4-savatcha: Indoneziya, Ummon, BAA, KXDR.
Yana FIFAning xabariga qaytamiz. 2025 yildan boshlab U-17 Jahon chempionatida umumiy hisobda 48 ta jamoa qatnashadi. Qatar mezbonligini hisobga olsak, U-17 Osiyo chempionati kichik mundialga boradigan yana 8 jamoani aniqlab beradi.
Bilamizki, avvalgi U-17 Jahon chempionatlarida Osiyodan to‘rtta jamoa qatnashib kelardi, endi bo‘lsa ishtirokchilar soni oshdi. Qatar - mezbon, shu bilan birga bu jamoa U-17 Osiyo chempionatida qatnashmaydi. Faqat bitta savolga javob topish qolyapti: FIFA qaysi tartibga ko‘ra Osiyodan 8 ta jamoani aniqlab oladi?
U-17 Osiyo chempionati reglamentida bu haqda hech narsa deyilmagan. Ehtimol dekabr oyidagi qur’a marosimida OFK ma’lumot berar. Agar jamoalar 4 tadan to‘rt guruhga bo‘linishini va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga chiqishini hisobga olsak, balki keyingi bosqichga chiqadigan 8 jamoa Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘lar.
X.Xoliqov.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor — iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
Jigar uchun eng foydali bo‘lgan 9 ta mahsulot
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"