“Lans” muxlislari Abduqodir Husanovning jamoada uzoq muddat qolishini istayotgan bir paytda klub rahbariyati o‘yinchi uchun Angliyadan keladigan takliflarni ko‘rib chiqishga ochiq ekani namoyon bo‘lmoqda.
Fransiya futbolini yoritib kelayotgan le11hdf.fr portali “Lans” tez orada g‘aznasini to‘ldirish kerakligi va klubning asosiy aktiviga aylangan Abduqodir Husanovga o‘nga yaqin jamoa qiziqish bildirayotganini yozmoqda.
Mavsum boshidan beri yuqori salohiyatini namoyish etib kelayotgan o‘zbek legioneri ayni paytda har qanday transfer talablariga juda mos tushadi.
Futbol olamidagi nufuzli manbalardan biri – Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri Angliya klublarining O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bildirayotgani qiziqishi haqida ma’lumot chiqardi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Angliya Premer-ligasidagi jamoalarning uchdan biri 20 yoshli iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Avvalroq, Husanovga “Arsenal”, “Chelsi” va “Everton” e’tibor qaratgan bo‘lsa, qishki transfer oynasi ochilishiga yaqin “Tottenxem” va “Nyukasl” bu ishga jiddiy bel bog‘lagan.
- “Tottenxem” va “Nyukasl” yanvarda Abduqodir Husanovni transfer qilish uchun kurashga kirishdi. Premer-liga klublari 20 yoshli futbolchini “Lans”ga 25 million funt taklif qilgan holda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
O‘zbekiston terma jamoasining markaziy himoyachisiga “Pari Sen-Jermen” ko‘z tikayotgan bo‘lsa-da, Angliya Premer-ligasining yettita jamoasi ham uni qo‘lga kiritishdan umidvor.
“Lans” yanvarda yosh yulduzining transferidan 25 million funt miqdorida katta daromad olishi mumkin, bosh murabbiy Uill Still qo‘l ostida Husanovning o‘yini borgan sari ochilib borayotgani uning narxini yanada ko‘tarilishiga asos bo‘ladi.
Husanov tayanch yarim himoyachi pozitsiyada ham o‘ynay oladi. Lekin Still uni himoya chizig‘ining asosiy tayanchi sifatida baholamoqda.
“Tottenxem” yanvarda bu o‘yinchini olish imkoniyatini chamalab ko‘radi. Chunki London klubida asosiy himoyachilar Kristian Romero va Mikki van de Ven jarohat olgan.
“Nyukasl” esa Husanovni kelajagi porloq yosh iste’dod egasi sifatida jamoaga olib kelishni maqsad qilgan.
Agar bu transfer amalga oshsa, Premer-liga Husanov uchun Fransiya futbolidan keyingi yangi darajada tashlangan qadam bo‘ladi.
Shu o‘rinda, “Lans”ning iste’dodli o‘yinchilarni tarbiyalash tajribasini alohida e’tirof etish lozim. So‘nggi ikki yilda “Lans” tayyorlagan Lois Openda 46 million yevro evaziga “Leypsig”ga, Ele Vaxi esa 30 million yevroga “Marsel”ga ko‘chib o‘tdi, - deb yozmoqda telegraph.co.uk portali eksperti Mayk Makgrat.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov futbol sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida o‘rgangan. Professional faoliyatini Belarus chempionatida “Energetik-BGU”da boshlagan. “Lans” uni 2023 yilning yozida 100 ming yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.
Abduqodir Husanov Fransiya chempionatidagi birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida o‘z nomini tarixga yozdirib qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Prokuratura tergovchisi 20000$ pora olayotganda qo‘lga tushdi
Bashar Asad rejimi Suriyaning muhim hududlari ustidan nazoratni yo‘qotmoqda
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekistonda 10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj qilingan?
Isroillik ravvinni Ummonga o‘g‘irlab ketishmoqchi bo‘lgan...