date
views 178

Ertaga "Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi e’lon qilinadi

Ertaga "Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi e’lon qilinadi
Ertaga "Paxtakor" klubi rahbariyati OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazishidan xabaringiz bor. Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, "Paxtakor" ushbu matbuot anjumanida yangi bosh murabbiy nomini e’lon qilmoqchi.

1975 yilda tug‘ilgan portugaliyalik Pedro Moreyra "sherlar"ning yangi ustoziga aylanishi kutilmoqda. Ayni paytda murabbiy o‘z yuristlari bilan birga Toshkentda bo‘lib turibdi.

Pedro Moreyra 2009-2012 yillarda "Sporting" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan.

Keyinchalik "Pasush Ferreyra", "Portu", "Braga", "Shaxtyor" (Ukraina), "Roma" (Italiya) kabi klublarda Paulo Fonsekaning shtabida yordamchi murabbiy bo‘lib faoliyat olib borgan. "Torrense" va "Kaza Piya" (ikkalasi Portugaliya) klublarida esa bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ertaga "Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi e’lon qilinadi