
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2025 ga qur’a tashlash marosimi bugun, 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Marosim Mayamida o‘tkaziladi. Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadigan tadbirda jamoalar o‘z guruhlarini aniqlab oladi.

Foto: FIFA
1-savatcha: “Manchester Siti” (Angliya), “Real Madrid” (Ispaniya), “Bavariya” (Germaniya), “PSJ” (Fransiya), “Flamengo” (Braziliya), “Palmeyras” (Braziliya), “River Pleyt” (Argentina), “Fluminense” (Braziliya).
2-savatcha: “Chelsi” (Angliya), “Borussiya Dortmund” (Germaniya), “Inter” (Italiya), “Portu” (Portugaliya), “Atletiko” (Ispaniya), “Benfika” (Portugaliya), “Yuventus” (Italiya), “Red Bull Zalsburg” (Avstriya).
3-savatcha: “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni), “Ulsan Xyundayi” (Janubiy Koreya), “Al-Ahli” (Misr), “Vidad” (Marokash), “Monterrey” (Meksika), “Leon” (Meksika), “Boka Xuniors” (Argentina), “Botafogo” (Braziliya).
4-savatcha: “Urava Red Daymonds” (Yaponiya), “Al-Ayn” (BAA), “Esperans” (Tunis), “Mamelodi Sandauns” (JAR), “Pachuka” (Meksika), “Sietl Saunders” (AQSH), “Oklend Siti» (Yangi Zelandiya), “Inter Mayami” (AQSH).
Ma’lumot uchun, ushbu turnirda 32 ta jamoa 8 ta guruhga bo‘linadi. Bir mamlakat jamoalari guruhda o‘zaro to‘qnash kelmaydi.
2025 yildan boshlab klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Yevropadan 12 ta jamoa, Janubiy Amerikadan 6 ta, Afrika, Osiyo va KONKAKAFdan 4 tadan va Okeaniyadan bitta jamoa ishtirok etadi. Turnirning ilk mezboni Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ladi.
FIFA prezidenti Janni Infantino bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan edi: “Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati professional klublar futbolining eng yuqori cho‘qqisi bo‘ladi. AQSH turnirning yangi formatini o‘tkazish uchun ideal joy”.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yil oxirida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan va unda “Manchester Siti” g‘olib bo‘lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar