date
views 98

SSKA Fayzullayevni qo‘yib yubormoqchi emas

SSKA Fayzullayevni qo‘yib yubormoqchi emas
SSKA legionerimiz Abbosbek Fayzullayevni jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Moskva klubi 21 yoshli futbolchiga yaxshilangan shartlar asosida yangi mehnat shartnomasini taklif qilmoqda. Bu haqda Metaratings xabar bermoqda.

Fayzullayev SSKAga 2023 yil avgust oyida "Paxtakor" safidan kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqt mobaynida u rasman 54 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urishga va 20 ta golli pas berishga muvaffaq bo‘lgan.

Abbosbek Fayzullayevning amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Hozirda SSKA Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » SSKA Fayzullayevni qo‘yib yubormoqchi emas