
Foto: FIDE
18 yoshli hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju xitoylik shaxmatchi Din Lijenni magʻlubiyatga uchratib, Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tarixidagi eng yosh jahon chempioniga aylandi.

Singapurda boʻlib oʻtgan final musobaqasining soʻnggi – 14-partiyasida Gukesh gʻalaba qozonib, umumiy hisobni oʻz foydasiga ogʻdira oldi – 7,5:6,5.
Gukesh 1985 yilda 22 yoshida jahon chempioni boʻlgan sovet shaxmatchisi Garri Kasparovning rekordini yangiladi.
Dommaraju shaxmat boʻyicha 18-jahon chempioni boʻldi. U bunday natijaga erishgan ikkinchi hindistonlik hisoblanadi. Undan oldin Vishvanatan Anand jahon chempioni boʻlgan birinchi hindistonlik edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar