Futbolchilar faqat maydonda futbol o‘ynash emas, balki uni yanada jozibaliroq tarzda, kishi ko‘zini quvontiradigan holda tomoshabinga etkazib berishmoqda. Bunga ularning soch turmaklari, kiygan oyoq kiyimlari, goldan so‘nggi xursandchiliklarini misol qilib keltirish mumkin.
Ayniqsa futbolchilarning rang-barang bir birinikiga o‘xshamagan, ajralib turadigan oyoq kiyimlari (butsi)lari e’tiborimizni tortadi.
Hozirda sport kiyimlarini ishlab chiqaradigan firmalar bir-birlaridan o‘tish uchun har xil ko‘rinishdagi futbol butsilarini ishlab chiqishmoqda. Nike, Adidas, Puma, Joma, Umbro, Kappa, Macron, Mizuno kabi sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar o‘rtasida kattagina raqobat mavjud.
Xo‘sh, “Lokomotiv” futbolchilari qaysi firmalar ishlab chiqadigan butsilardan foydalanadi?
Keling, dastlab yaqindagina bo‘lib o‘tgan “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida asosiy tarkibda futbolchilarimiz kiyib tushgan butsilarga e’tiborimizni qaratamiz.
Nike Mercurial Vapor X: T.Abduholiqov, Sh.Fayziev,I.Nagaev
Nike Mercurial Vapor XI: S.Mirzaev, I.Aliboyev, Q.Ro‘ziev
Nike Magista Obra II: I.To‘xtaho‘jaev, R.Nortojiev
Nike Mercurial Superfly: M.Ikromov, S.Mustafoyev
Nike Hypernovom: T.Kapadze
Nike Tempo: B.Yo‘ldoshev
Puma EvoPower: M.Bikmaev, S.Abdullaev, N.Yanichich
Puma King II: K.Maxaradze
Adidas X: S.Jeparov, I.Nesterov
Adidas Adizero F50: S.Shoahmedov, O.Zoteev, B.Tillaboyev, S.Proxorov
Adidas Predator: S.Karimov
Mizuno Morelia Neo: A.Gevorkyan
Jami:
Nike 12 ta
Adidas 7
Puma 4 ta
Mizuno 1 ta
Manba: lokomotiv.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
O‘zbekiston Respublikasining yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi
Milliy tibbiyot markaziga O‘zbekiston Davlat Standarti milliy sertifikati topshirildi