
Foto: Getty Images
2004 yildan so‘ng ilk marta o‘tkazilgan qit’alararo kubok finalida YECHL g‘olibi «Real» KONKAKAF chempioni «Pachuka» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.
1-bo‘limda Kamavinga, Valverde, Bellinghem va Vinisius kombinatsiyasini Mbappe golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘limda Rodrigo ajoyib ijrosi bilan farqni oshirdi, Vinisius esa penaltidan hisobni yiriklashtirdi.
Shu tariqa Madrid klubi o‘z tarixida 4-bor ushbu turnir g‘olibiga aylanib, 3 martadan zafar quchgan «Milan», «Penyarol», «Boka Xuniors» va «Nasional Montevideo»ni ortda qoldirgan holda mutlaq rekordchiga aylandi. Eslatib o‘tamiz, «Real» YECHL (15) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini (5) yutish borasida ham yetakchi sanaladi.
Qit’alararo kubok. Final
Real (Ispaniya) — Pachuka (Meksika) 3:0
Gollar: Mbappe (37), Rodrigo (53), Vinisius (84, penalti).
Real – Kurtua, Fran Garsiya, Ryudiger, Chuameni, Vaskes (Asensio, 88), Kamavinga (Seballos, 62), Valverde, Bellinghem (Guler, 88), Vinisius, Rodrigo (Modrich, 70), Mbappe (Dias, 62).
Pachuka – Moreno, Gonsales, Mikolta, Barreto, Rodriges (Sanches, 75), Pedrasa, Montiel, Deossa (Ernandes, 88), Bautista (Mena, 75), Idrissi (Dominges, 88), Rondon.
Ogohlantirishlar: Pedrasa (51), Rondon (90+3). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar