Fransiya Professional futbol ligasi – LFP milliy chempionatning yuqori divizionida o‘ynayotgan jamoalar va ularning futbolchilari o‘yinlariga doir turli statistik ma’lumotlarni muxlislar e’tiboriga havola etmoqda.
Liga 1 musobaqasida 18 ta jamoa o‘zaro kuch sinashmoqda. Chempionlik masalasida Yevropaning eng badavlat va baquvvat klubi “Pari Sen-Jermen”ga yetadigani yo‘q. Bu mavsum ham poytaxtliklar musobaqa jadvalida qolgan jamoalardan katta farq bilan o‘zib ketgan.
Biroq qolgan jamoalar o‘rtasida sovrinli o‘rinlar va Yevrokubok yo‘llanmalari uchun kurash murosasiz kechmoqda. Misol uchun, 15-turdan keyin 30 ball to‘plab, ikkinchi o‘rinni egallab turgan “Marsel” bilan 11-pog‘onada borayotgan “Brest” o‘rtasidagi tavofut 11 ochkoni tashkil qiladi va bu unchalik katta farq emas.
Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Lans” chempionatning bu bosqichida 24 ochko bilan yettinchi pog‘onada bormoqda. Lansliklarni Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rindan atigi uch ochko ajratib turibdi. Demak, hali kurash oldinda.
LFP ekspertlarining tadqiqotlarida “Lans” va uning ayrim o‘yinchilari ligada yuqori statistik ko‘rsatkichlarni ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Xususan, Uill Still futbolchilari uchrashuvlar davomida eng ko‘p yugurishi aniqlandi. “Lans” o‘yinchilari umumiy hisobda bir o‘yinda o‘rtacha 113,26 kilometr masofa bosib o‘tadi. Bu statistika bo‘yicha lansliklar barcha jamoalardan ustun.
Keyingi o‘rinlarda “Lill”, (112,54 km) va “Pari Sen-Jermen” (112,5 km) qayd etilgan.
“Lans” yetakchilari – Abduqodir Husanov, Fakundo Medina va Adriyen Tomasson individual statistik reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Bir o‘yinda o‘rtacha uzoq masofa bosib o‘tish bo‘yicha “Top-10”ga kirgan futbolchilar orasida Adriyen Tomasson 10,91 kilometr ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi, Fakundo Medina (10,63 kilometr) esa sakkizinchi pog‘onada bormoqda.
90 daqiqa davomida eng ko‘p masofa bosib o‘tgan o‘yinchilar orasida birinchi o‘rin Adriyen Tomassonga tegdi. U bir uchrashuvda eng ko‘p – 11,44 kilometr yugurgan. Kuchli uchlikdan Batista Santamariya (“Renn”, 11,12 km) va Dezire Due (PSJ, 11,09 km) joy oldi.
Bugungi kunda “Lans”ning eng mashhur o‘yinchisiga aylangan Abduqodir Husanov Fransiya Professional futbol ligasi – LFP ekspertlarining eng tezkor futbolchilar nomi ko‘rsatilgan reytingiga kiritildi.
20 yoshli himoyachimiz 29 noyabr kuni “Reyms”ga qarshi o‘tgan uchrashuvda soatiga 36,48 kilometr tezlikda yugurdi. Bu Liga 1 o‘yinchilari orasida to‘rtinchi natija. Mavsum boshidan beri faqat uch futbolchi – Luis Enrike (“Marsel”, 36,98 km/s), Shavi Babitska (“Tuluza”, 36,62 km/s) va Emanuel Emega (“Strasbur”, 36,57 km/s) Abduqodirdan tezroq yugurgan xolos.
Umumiy reyting esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsum “Lans” safida Fransiya chempionati, mamlakat kubogi va Yevropa ligasi musobaqalari doirasida jami 16 ta uchrashuv o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta assist ham qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi