Foto: Getty Images
Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z safiga hujumchi Igor Sergeyevni qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Paxtakor” muxlislariga jonajon jamoamga qaytayotganimni ma’lum qilaman. Muxlislarga eng yaxshilarini tilayman va Yangi yil bilan muborakbod etaman. Yangi mavsumda yuqori natijalar keltirish uchun harakat qilaman”, deydi Sergeyev.
Ma’lumot uchun, Igor uzoq yillar davomida “sherlar” safida harakat qilgan. U klubda jami 180 ta o‘yinda maydonga tushib, 102 ta gol urgan.
Noyabr oyida bungacha Tailandning “Patum Yunayted” klubida faoliyat olib borgan Igor Sergeyev 10 oylik tanaffusdan so‘ng qaydnomaga kiritilgani haqida xabar berilgandi.
Sergeyev yanvar oyida Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Avstraliya bahsida jarohat olgan edi.
Keyinroq u Dohadagi “Aspetar” shifoxonasida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Futbolchi 6 oy davomida jarohatini davolashi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi