
Milliy terma jamoamiz Abduqodir Husanov uchun kurashga Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi ham qoʻshildi. Joze Mourino boshchiligidagi klub qishki transferlar oynasida himoyani kuchaytirish haqida oʻylamoqda.
"NTV Spor" nashrining xabar berishicha, Turkiya klubi uchun hamyurtimiz Abduqodir Husanov eng yaxshi variant sifatida koʻrilmoqda. "Lans" klubi ham qishda himoyachimizni 30 million evrodan kamroq summaga sotmoqchi emas.
Bir necha kun oldin 20 yoshli fulbekka Angliyaning "Manchester Siti", Tottenxem", "Nyukasl Yunayted", "Lester", Ispaniyadan esa "Atletiko Madrid" va Frantsiyadan PSJ jamoaci ham himoyachimizga katta qiziqish bildirgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar