00:22 / 27.12.2024
12

Abbosbek Fayzullayev: “Jirona”ni tanlayman...

Abbosbek Fayzullayev: “Jirona”ni tanlayman...
Abbosbek Fayzullayev — O‘zbekiston va Rossiyaning eng yorqin futbolchilaridan. 21 yoshli hujumkor futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda SSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi hisoblanadi.

2024 yilda legionerimiz Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi, O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi singari individual sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Fayzullayev jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, intervyu berdi.

1-Qism: Abbosbek Fayzullayev: Xolandning ko‘zoynagidan ham oldim, mashg‘ulotlarga borgim kelmay qoldi...

2- Qism: Abbosbek Fayzullayev: Xudo bersa, “Barselona”ga boraman!

Davomi:

— Abbos, Rossiya Premer-ligasining boshqa klubiga o‘tishing mumkinmi?
— Yo‘q, deb o‘ylayman. SSKAda o‘zimni yaxshi his qilyapman, bu yerda hammasi qoniqtiryapti. Rossiya ichida nimanidir o‘zgartirish menga nega kerak?

— Agar “Zenit” senga ko‘p pul bersachi?
— Xo‘sh...

— Uni tanlaysanmi yoki misol uchun, o‘rtacha maosh bilan “Jirona”nimi?
— “Jirona”ni.

— Futbol nuqtayi nazaridan Yevropada o‘ynashga tayyormisan?
— Yozda tayyor emasdim, bunisi aniq. Hozir bilmayman. Jismoniy tomondan kuchayishim kerak. Hozir shuning ustida ishlayapman.

Yozdan beri jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bilan qo‘shimcha ishlayapman. U har oy menga individual reja beryapti. Mushaklarimni ortiqcha o‘stirishni istamayman, bu tezlik va texnikamga ziyon. Lekin sal baquvvat bo‘lishim kerak.

Individual mashg‘ulotlar menga yordam berayotganini va kuchayganimni his qilyapman. Bu maydonda ham sezilyapti – har qanday yakkakurashga qo‘rqmay kiryapman.

— Raqiblardan aynan kim bilan ayovsiz to‘qnashuvlar bo‘lyapti?
— “Rubin”dagi Kabutov bilan. Ikkimiz ham bir birimizga uchib kelib to‘qnashyapmiz.

Davomi bor...

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev: “Jirona”ni tanlayman...