date
views 312

Qirgʻizistonda yil murabbiyiga aylangan Islom Ahmedovga jiddiy taklif bor

Qirgʻizistonda yil murabbiyiga aylangan Islom Ahmedovga jiddiy taklif bor
Xabaringiz bor, Qirgʻiziston premer-ligasida “Abdish Ata” klubiga bosh murabbiylik qilgan Islom Ahmedov jamoani oʻtgan yili va bu yilgi mavsumda mamlakat chempionligiga aylantira oldi. Lekin yaqinda ushbu klubni tark etgani haqida xabar berib oʻtgandik.

Shartnomasi yakunlangach, rahbariyat bilan doʻstona xayrlashdi. Hozirda mutaxassis xordiq chiqarmoqda.

Yaqinda Sports.uz saytiga bergan intervyusida uni xizmatiga jiddiy taklif borligi haqida aytgandi. Ma'lum boʻlishicha, Islom Ahmedov bilan hamkorlik qilishni Qirgʻizistonning boshqa bir klubi istamoqda.

Chempion murabbiy hozircha taklif bilan chiqqan jamoa nomini oshkor qilishni istamadi. Lekin muzokaralar davom etmoqda. Tez orada barcha masala hal boʻlishi kutilmoqda. Aftidan, hamyurtimiz yana Qirgʻiziston chempionatida ishlaydigan koʻrinadi.

Eslatib oʻtamiz, Islom Ahmedov 2024 yilda Qirgʻizistonning eng yaxshi murabbiyi sifatida alohida e'tirof etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qirgʻizistonda yil murabbiyiga aylangan Islom Ahmedovga jiddiy taklif bor