Frantsiya chempionati ham qisqa tanaffusdan keyin yana boshlandi. Evrokuboklarga yoʻllanma beradigan yuqori oʻrinlar uchun kurashayotgan “Lans” navbatdagi bahsini 5 yanvar kuni oʻz maydonida “Tuluza”ga qarshi oʻtkazadi.
24 ochko bilan ettinchi pogʻonada borayotgan lansliklar boʻlajak raqibdan uch ochko oldinda bormoqda xolos. Shu bois, boʻlajak oʻyin har ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Frantsiya futbolini yoritib kelayotgan lensois.com sayti “Tuluza”ga qarshi bahs oldidan “Lans” tarkibda yoʻqotishlarga duch kelganini yozdi. Ular orasida eng katta yoʻqotish – markaziy himoyachi Abduqodir Husanovning bellashuvda ishtirok eta olmasligidir.
Esingizda boʻlsa, oʻtgan yilning 2 noyabr kuni Abduqodir Husanov PSJga qarshi oʻtkazilgan uchrashuvda qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi. Frantsiya futbol federatsiya Tartib-intizom qoʻmitasi oʻta qoʻpol oʻynagan legionerimizni ikki uchrashuvga diskvalifikatsiya qilgan va ma'lum muddat raqibga nisbatan qoʻpol oʻynashdan oʻzini tiyish shartini ham qoʻygandi.
Husanov bu gal 22 dekabrda Frantsiya kubogi doirasida PSJga qarshi oʻtkazilgan bahsning eng zoʻr oʻyinchilaridan boʻlish bilan birga 76-daqiqada yana qoʻpollik qildi va bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi. Bu ogohlantirish Husanovga nisbatan yangi sanktsiyalarni qoʻllanilishiga asos boʻldi.
Tartib-intizom qoʻmitasi navbatdagi yigʻilishida “Lans” futbolchisi Abduqodir Husanov “Tuluza”ga qarshi uchrashuvni oʻtkazib yuborishi haqida qaror chiqardi.
Manbaga koʻra, boʻlajak bahsda “Lans”ning yana bir necha asosiy tarkib futbolchilari ishtirok etmaydi. Darvozabon Bris Samba qishki transferlar vaqtida klubni tark etish istagini bildirgan va hozir yangi jamoaga oʻtish jarayoni bilan band.
Remi Labo-Laskari va Martin Satriano jarohatini davolatish bilan ovora. Hujumchi Uesli Saidning jarohati qaytalandi va u ham muayyan muddat jamoaga yordam bera olmaydi. Shikastlangan oʻyinchilar qatoriga Nil El-Aynaui ham qoʻshildi.
“Lans” himoyasida Husanov bilan elkama-elka oʻynab kelayotgan Fakundo Medina bayram munosabati bilan Argentinaga ketgan va oilaviy sabablarga koʻra, ortga qaytish uchun hali yoʻlga chiqqani yoʻq.
Xabaringiz bor, qishki transferlar vaqtida bir necha klub Abduqodir Husanovni oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qilmoqda. Shu bois, bosh murabbiy Uill Still jamoani oʻzbek futbolchisisiz oʻynatishga tayyorgarlik koʻrishi kerak. Transfer boʻyicha ekspertlar “Lans” rahbariyati “Manchester Siti”, PSJ, “Atletiko Madrid”, “Tottenxem”, “Bayer”, “Leyptsig”, “Atalanta”, “Napoli”, “Nyukasl” kabi klublar nishoniga tushgan Abduqodir Husanovni jamoada saqlab qolish imkoniyati juda pastligini ta'kidlamoqda.
Yoda62:
Oʻzi Husanov hali ham jamoadamikin yoki uni olib ketishdimi?
Bonapart:
Menga qolsa, qishda Abduqodir Husanovni Angliyaning grand klublaridan biriga sotib yuborib, mavsum oxirigacha “Lans”da ijaraga olib qolish kerak.
Dael87:
Husanovni jamoada olib qolish kerak. Hech boʻlmasa, shu mavsum tugagunicha. Agar qishki transferlar vaqtida Kevin Dansoni ham, Abduqodir Husanovni ham sotib yuborsak, jamoa barbod boʻladi.
GOLEADOR9:
Banopartning gaplariga qoʻshilaman. Husanovni grand klubga qoʻyib yuborib, mavsum oxirigacha ijaraga olib qolsak zoʻr boʻlardi.
Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsumda barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta assist qayd etgan, bitta qizil va ikkita sariq kartochka bilan jazolangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Navoiy IESdagi 12-sonli transformatorda yong‘in sodir bo‘ldi (video)
AQSh eng kuchli qor boʻroniga tayyorlanmoqda
Andijon viloyatidagi savdo doʻkonida yirik yongʻin sodir boʻldi
“Manchester Siti”: Abduqodir Husanov uchun “Lans” soʻragan pulni beramiz
Yaponiyada tunes baligʻi 1,3 mln dollarga sotildi
Oqilona iste'mol qilish sirlari...
Ozarboyjon va Armaniston chegara boʻyicha yangi muzokaralarni boshlaydi
Tahlil: Abduqodir Husanov Fransiya va Angliya himoya “qirollari”dan zoʻr boʻlib chiqdi!