
Oʻzbekistonning amaldagi chempioni, Qarshining "Nasaf" jamoasi keyingi mavsum oldidan shartnomasi yakunlangan futbolchilari bilan yangi kelishuvlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, "ajdarlar" matbuoti kecha Javohir Sidiqov bilan shartnoma uzaytirilgan haqida xabar bergan edi.
Ma'lum boʻlishicha, superliganing oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi Akmal Mozgovoy ham yana bir yil Qarshida qoladi. Futbolchi klub bilan bu borada kelishuvga erishgan.
Shuningdek, jamoa yarim himoyachisi Sharof Muhitdinov ham 2025 yilni "Nasaf" klubida oʻtkazadi.
Ma'lumot uchun, Roʻziqul Berdiyev shogirdlari hozirda Qarshida mashgʻulotlar oʻtkazmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar