Abduqodir Husanov joriy mavsumda Fransiyaning amaldagi chempioni va soʻnggi yillardagi eng qudratli jamoasi “Pari Sen-Jermen”ga qarshi ikki marotaba maydonga tushdi.
Dastlab, Liga 1 musobaqasining 2 noyabrda boʻlib oʻtgan 10-tur uchrashuvida parijliklar oʻz maydonida “Lans”ni qabul qildi. Mezbonlar toʻrtinchi daqiqadayoq Usmon Dembele tomonidan kiritilgan tasodifga yaqin gol tufayligina gʻolib chiqdi.
Abduqodir Husanov qolgan vaziyatda Bredli Barkola, Marko Asensio, Usmon Dembele, Ashraf Hakimi kabi PSJ yulduzlaridan birortasini davrozaga yaqin yoʻlatmadi. Biroq uchrashuvning 60-daqiqasida hamyurtimizning Ashraf Hakimiga qoʻllagan podkati qoʻpol chiqdi va Abduqodir maydondan chetlatildi.
Ikkinchi toʻqnashuv Fransiya kubogining 1/32 bosqichiga toʻgʻri keldi. Bu gal “Lans” mezbonlik qilgan uchrashuvda Abduqodir Husanov parijlik yulduzlarni rosmana yanchib tashladi. 20 yoshli legionerimiz himoyada mustahkam turish barobarida raqib darvozasiga xavf soldi. “Lans”ning goli ham aynan oʻzbek futbolchisi mehnatlari evaziga kiritildi.
Bu bellashuvdan keyin Evropa matbuotida PSJ qishki transferlar vaqtida Abduqodir Husanovni transfer qilishi haqida ma'lumotlar koʻpaydi. Aslida parijliklar oʻzbekistonlik himoyachiga birinchilardan boʻlib e'tibor qaratgan edi.
Fransiya futbolini yoritib kelayotgan foot-sur7.fr nashri ekspertlari PSJning Abduqodir Husanov transferi boʻyicha oxirgi pozitsiyasi haqida ma'lumot berdi.
- PSJ mutasaddilari qishki transferlar oynasi davrida “Lans” himoyachisi Abuqodir Husanovni olishga urinayotgan bir paytda bosh murabbiy Luis Enrikening pozitsiyasi oʻzgarib qolgani bu transferni muvaffaqiyatli amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Tez orada Milan Shkrinyarning Parijdan ketishi tarkibda boʻsh oʻrin ochilishiga olib keladi va uni tezroq toʻldirish talab etiladi. Parij klubi rahbariyati aynan mana shu pozitsiyaga “Lans”ning yosh markaziy himoyachisini olib kelishni moʻljallayotgan edi.
Oʻzbek futbolchisining Liga 1 doirasidagi uchrashuvlarda ishonchli va hayratlanarli oʻyinlari darrov PSJ selektsionerlarining ham e'tiborini qozondi. Poytaxtliklar Abduqodir Husanovning transferi uchun “Lans” talab qilayotgan 25 million yevroni toʻlashga tayyor edi. Bu transferga PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike toʻsqinlik qilmoqda.
Le Parisien gazetasining yozishicha, ispaniyalik murabbiy 20 yoshli oʻzbek futbolchisining istiqboliga shubha bilan qaramoqda. Aynan mana shu omil bu transferga toʻsiq boʻlyapti.
Abduqodir Husanovga “Manchester Siti”, “Marsel”, “Real” va yana bir necha nufuzli klublarning jiddiy qiziayotganini inobatga olib, PSJ mutasaddilari ham uning transferi boʻyicha yakuniy qarorga tezroq kelishi talab etiladi, - deb yozmoqda foot-sur7.fr nashri eksperti Timoti Jan.
Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozida “Lans”ga koʻchib oʻtganidan beri bu jamoa safida barcha turnirlarda jami 18 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta golli pas ham uzatdi.
Legionerimizning “Lans” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Manchester Siti» yana bir yirik transferni amalga oshirishga yaqin...
Isroil Madrimov - Terens Krouford bahsi "Yil jangi" boʻlishi mumkin
Pep Gvardiola Husanov transferiga qanday munosabat bildirdi?
"Nasaf" Kamerun terma jamoasi sobiq a'zosi bilan shartnoma tuzadi
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan necha yillik shartnoma tuzadi?
Nihoyat Abduqodir Husanov "yashil chiroq" yonishini kutmoqda
Entoni Joshua va Tayson Fyuri jangini qachon koʻramiz?
"Manchester Siti" Husanov uchun 50 mln yevro taklif qildi