"Nasaf" Kamerun terma jamoasi sobiq a'zosi bilan shartnoma tuzadi

"Nasaf" Kamerun terma jamoasi sobiq a'zosi bilan shartnoma tuzadi
Ma'lumotlarga qaraganda, "Nasaf" Kamerun terma jamoasi sobiq a'zosi, 2017 yilgi Afrika chempioni Robert Tamb bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Ushbu chap oyoqda oʻynovchi 30 yoshli hujumchi "Nasaf" jamoasining Turkiyadagi yigʻinida qatnashadi.
"Nasaf" Kamerun terma jamoasi sobiq a'zosi bilan shartnoma tuzadi
Tamb oʻtgan mavsum Qozogʻistonning "Elimay" jamoasida 15 ta oʻyinda qatnashib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi bahosi – 200 ming yevro.

E'tiborlisi, forvard koʻpincha oʻzi oʻynagan klublar – Slovakiyaning "Spartak", Ruminiyaning ChFK Kluj, Moldovaning "Sherif" jamoalarida chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar