So‘nggi yillarda Belgiya futbolchilari Evropaning turli chempionatlarida to‘p surishmoqda. Ular o‘z tajribalarini oshirishmoqda. Buning oqibatida terma jamoa xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Quyida APLda o‘ynayotgan belgiyalik futbolchilar xususida so‘z yuritamiz.
Tibo Kurtua, “Chelsi”
Bu darvozabon “Chelsi”ning bugungi kundagi asosiy darvozaboni hisoblanadi. Qolaversa, terma jamoada ham birinchi raqamli ekanligi hech kimga sir emas. Yosh bo‘lishiga qaramay, ajoyib seyvlari, o‘yinni yaxshi nazorat qila olishi bilan nom qozongan. Kurtua “Atletiko”da katta tajriba to‘plaganidan keyin, “Chelsi”ga qaytib kelgandi. Shundan keyin u Petr Chexdan asosiy tarkibni olib qo‘ygandi.
Simon Minole, “Liverpul”
Belgiya terma jamoasining yana bir darvozaboni Minole ayni vaqtda “Liverpul”da to‘p surmoqda. Biroq Simon oxirgi o‘yinlarda yo‘l qo‘ygan xatolari evaziga Yurgen Klopp uni zaxiraga mixladi. Endilikda u asosiy tarkibga kirish uchun harakat qiladi.
Tobi Alderveyreld, “Tottenxem”
“Tottenxem” himoyachisi Tobi ham APLda anchadan beri to‘p surmoqda. Dastlab u “Sautgempton”da o‘ynadi. Keyin “avliyolar” ustozi Maurisio Pochettino “Tottenxem”da ish boshlaganidan keyin, Tobini o‘z oldiga chaqirdi. Endilikda Tobi londonliklar safida ishonchli o‘yinlarini ko‘rsatishda davom etmoqda.
Maruan Fellayini, “Manchester Yunayted”
Maydonda uzun va qo‘pol soch turmagi bilan nom qozongan Fellayini harakterini ko‘pchilik yoqtirmaydi. Chunki u be’mani ishlarga ko‘p qo‘l uradi. “Everton”dan keyin “Manchester Yunayted”ga o‘tgan yarim himoyachi hozirda Joze Mourinoning ishongan futbolchisiga aylangan.
Eden Azar, “Chelsi”
Dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri Azar hisoblanadi. U ayni vaqtda “Chelsi”dan ketishni istamoqda. Azar oxirgi paytlarda o‘z o‘yinlarini ancha pasaytirib yubordi. Bunga u klubdagi muhitdan norozi bo‘layotganligi bilan bog‘liq ekanligini aytib o‘tdi. Shunga qaramay, u terma jamoa va “Chelsi”ning muhim o‘yinchilaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Kevin De Bryuyne, “Manchester Siti”
“Chelsi”da o‘z joyini topa olmagan De Bryuyne “Manchester Siti”da ajoyib o‘yinlarini ko‘rsatmoqda. U “Volfsburg”da katta tajriba to‘pladi. Nemis futboli uni yanada yaxshi darajaga chiqishiga xizmat qildi. Umuman olganda, Azar va De Bryuyne o‘yinlari deryali bir xil. Ikkisida ham tezlik joyida. O‘yinni boshqara olish ham o‘xshash.
Kristian Benteke, “Kristal Pelas”
Benteke APLda o‘ynayotganiga ancha vaqt bo‘lib qoldi. Dastlab “Aston Villa”da o‘ynagan hujumchi, o‘z gollari bilan “Liverpul”ga yo‘l olgandi. Afsuski, u “qizillar” safida muhim futbolchiga aylana olmadi. Asosan zaxirada qolib ketdi. Shu boisdan u yozda “Liverpul”ni tark etdi va “Kristal Pelas”ga o‘tdi. Bu klubda esa u yana gollarini sonini oshirishda davom etmoqda.
Romelu Lukaku, “Everton”
Ayni paytda ko‘plab jamoalarning qiziqishiga sabab bo‘lgan belgiyalik futbolchi aynan Lukaku hisoblanadi. U o‘zining eng optimal sport formasiga chiqishga erishdi. Har bir o‘yinda muhim gollarni kiritib, “Everton”ga g‘alaba keltirishda davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Kimyogarlar terini quyoshdan himoya qilishning yangi usulini topdi