
Foto: Getty Images
Futbol boʻyicha Fransiya chempionatining 17-turida Abduqodir Husanovsiz qolgan “Lans” safarda “Gavr” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Ayyu mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 28 va 77-daqiqalarda gol urgan “Lans” klubi mehmonda gʻalaba qozondi. Himoya markazida Danso—Medina juftligi harakat qildi.
Ushbu gʻalabadan soʻng “Lans” hisobidagi ochkolar sonini 27 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 7-oʻrinda bormoqda.
Fransiya chempionati
17-tur
12 yanvar, yakshanba
“Gavr” —“Lans” 1:2
Gollar: 1:0 — Ayyu (8), 1:1 — Koyyalipu (28), 1:2 — Machado (77).
“Gavr”: Dema, Zuaui, Loris, Kenku, Salme, Sabbi, Juju, Ndiaye, Ture (Sumare, 84), Nego (Kazimir, 83), Ayyu (Targallin, 72).
“Lans”: Koffi, Machado, Medina, Danzo, Frankovski, Diuf, Tomasson (Gradi, 76), Zaruri (Odjediran, 57), Fyuljeni, Sotoka, Koyyalipu (Nzola, 68).
Ogohlantirishlar: Tomasson (13), Ayyu (34), Kenku (62), Koffi (90+3). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar