
“Real” afsonasi Raul Gonsales jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning bu yilgi “Oltin to‘p-2016” mukofotini qo‘lga kiritishiga shubha qilmayapti, deb yozmoqda “Fut.uz” sayti.
“Ronaldu – haqiqiy iqtidor egasi. U g‘alabalarga o‘ta chanqoq va jamoasi uchun eng yaxshi narsalarni istaydi. U har doim o‘zini tanqid qiladigan va ko‘p narsa talab qiladigan shaxs. Ronaldu doim optimal formada bo‘lishni xohlaydi. Men mavsumda 20 gol urishga qiynalardim, ammo u 50 ta uradi”, – deydi Raul.
“Krishtianu bu yil “Oltin to‘p”ni oladi. Keyingi o‘rinlarda esa Messi va Grizmann bo‘ladi. Bu ajoyib da’vogarlar uchligi. EChL va Evro-2016 Ronalduning mukofotni olishi uchun yaxshi imkoniyat". “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar