O‘zbekiston milliy jamoasi Dohaga yetib bordi, Katanets yig‘inda qatnashmaydi

O‘zbekiston milliy jamoasi Dohaga yetib bordi, Katanets yig‘inda qatnashmaydi
Foto: UFA
Dohada o‘tadigan yig‘inda bosh Srechko Katanetssiz salomatligi yomonlashgani bois shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra qatnashmaydigan bo‘ldi. Mashg‘ulotlarni yordamchi murabbiylar Alesh Chex va Vlado Radmanovich olib borishadi.

O‘FA matbuot xizmati mazkur xabarni rasman tasdiqladi.

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Qatar poytaxti Doha shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Bosh murabbiy Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra ushbu yig‘inda qatnasha olmaydi. Yig‘in davomida jamoamiz bilan yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich ish olib borishadi. Srechko Katanetsga salomatlik tilaymiz", - deyiladi O‘FA matbuot xizmati e’lon qilgan xabarda.
O‘zbekiston milliy jamoasi Dohaga yetib bordi, Katanets yig‘inda qatnashmaydi
Eslatib o‘tamiz, yig‘in doirasida O‘zbekiston 27 dekabr kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Tarkib asosan milliy jamoaga kam jalb etiladigan yoki ilk bor chaqirilgan futbolchilardan iborat.
O‘zbekiston milliy jamoasi Dohaga yetib bordi, Katanets yig‘inda qatnashmaydi
O‘zbekiston milliy jamoasi Dohaga yetib bordi, Katanets yig‘inda qatnashmaydi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar