APL 23-turidan oʻrin olgan bir qancha uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. "Manchester Siti" - "Chelsi" bahsida "shaharliklar" 3:1 hisobida zafar quchdi.«Manchester Siti» – «Chelsi» 3:1
Gollar: 0:1 – 3 Madueke, 1:1 – 42 Gvardiol, 2:1 – 68 Holand, 3:1 – 87 Foden.«Manchester Siti» – Ederson, Gvardiol, Akanji, Abduqodir Husanov (Stounz, 54), Mateush Nunesh, Gundoʻgʻan, Kovachich, Bernardu Silva, Foden, Marmush (de Bryuyne, 74), Holand.«Chelsi» – Sanches, Kukurelya, Koluill, Chaloba, Jeyms (Gyusto, 73), Fernandes, Kaysedo, Sancho (Netu, 73), Palmer, Madueke, Jekson (Nkunku, 61).Ogohlantirishlar: Husanov (4), Koluill (25), Kaysedo (58), Bernardu Silva (79), Kovachich (83).
Chorshanba kuni «PSJ» «Siti» ustidan irodali gʻalabaga erishgandi, endi esa Gvardiola jamoasi «Chelsi» bilan oʻyinda iroda koʻrsatishi talab etildi. Amaldagi chempionlar tarkibida ikki debyutant debyut qildi — Husanov va Marmush. Ruben Diash jarohatlangani va Stounzning formasi yaxshi emasligi tufayli oʻzbekistonlik himoyachi jamoaga kelganidan bir necha kun oʻtiboq muhim oʻyinda maydonga tashlandi.Oʻyin Husanovning qoʻpol xatosi bilan boshlandi. Oʻzbekistonlik himoyachi toʻpni bosh bilan darvozabonga etkazib berishni xohlagandi, ammo toʻgʻri zarba bera olmadi. Natijada toʻpga ega chiqqan Jekson uni boʻsh darvoza qarshisiga chiqib borgan Maduekega etkazib berdi va hisob ochildi.Hayajonini bosib ololmagan Husanov navbatdagi vaziyatda ham xatoga yoʻl qoʻydi. Ikki daqiqa oʻtib jarima maydoni yaqinida Palmerga qarshi podkati uchun sariq kartochka oldi. Toʻqqizinchi daqiqada esa Husanov tufayli ikkinchi gol urilishi ham mumkin edi — himoyachi ofsayd chizigʻini ushlay olmadi va Palmer darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishiga yoʻl qoʻydi. Lekin «Chelsi» etakchisi zarba berish oʻrniga pas uzatdi, hujum tezligi yoʻqoldi, Sanchoning yakuniy zarbasini esa Husanov toʻsib oʻz aybini yuvdi.
Shundan keyin jamoadoshlari uni qoʻllab-quvvatlash uchun orqaga qaytib harakatlana boshladi, bu borada ayniqsa Bernardu, Gundoʻgʻan, Kovachich va Fodenni e'tirof etish mumkin. Muxlislar esa shunchaki darvozabonga pas uzatganida ham uni olqishlab, dalda berishdi.
Birinchi boʻlimning qolgan vaqtida «Chelsi»ning hujumdagi ishlari yurishmadi. Kolvill 25-daqiqadayoq vaqtni choʻzgani uchun ogohlantirildi, «Siti» esa bosim uyushtirib, yaxshi vaziyatlar yaratdi. Mehmonlar himoya chizigʻini ancha oldinga joylashtirilgani tufayli himoyachilar ortiga uzatmalar etkazib berila boshlandi. Marmush 35 daqiqa ichida uch marta ofsaydga tushib qolgani ham londonliklar himoyasida qanchalik boʻsh zonalar qoldirganini koʻrsatadi. Gvardiol ikki bor qulay vaziyatdan foydalana olmadi (jumladan, yakkama-yakka vaziyatdan ham). Uchinchi imkoniyatidan esa foydalandi.
Birinchi boʻlim oxirida Madueke ofsayd chizigʻini ushlay olmadi. Natijada Nunes amalda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga ega boʻldi — «Chelsi» darvozaboni uning zarbasini qaytardi, ammo qaytgan toʻpga Gvardiola etib keldi.Gvardiola Husanovni jazolamaslik uchun uni tanaffusdayoq almashtirib yubormadi va unga yana biroz oʻynashga imkon berdi, u oʻziga taqdim etilgan vaqtda oʻz uslubida Jeksonni zararsizlantirib, toʻpni olib qoʻydi, ammo murabbiy ikkinchi sariq kartochka xavfi tufayli 54-daqiqada uning oʻrniga Stounzni tushirdi.Mareska ham bunga javoban almashtirish amalga oshirdi — Jekson oʻrniga dekabr oʻrtalaridan buyon gol urmagan Nkunkuni tushirdi. Umuman olganda, «Siti» maydonda kuchliroq koʻrindi — Marmushda debyutini gol bilan nishonlash uchun etarlicha imkoniyatlar boʻldi, ammo gʻalaba goli «Siti»ning boshqa bir futbolchisi tomonidan urildi.Holand 68-daqiqadagi epizodda toʻp bilan ajoyib muomila qildi, ammo bu oʻrinda asosiy e'tibor darvozabonlarga boʻldi. Ederson bir uzatma bilan mehmonlarning butun pressingini yoʻqqa chiqardi. Sanches toʻpga chiqish uchun oldinga yurdi, keyin esa orqaga chekindi va arosatda qolib ketdi va zarbaga qarshi hech narsa qila olmadi.Oʻyinning asosiy vaqti tugayotganida esa «Siti» amalda oʻyin taqdirini hal qildi. Bu safar ham mezbonlar «Chelsi» himoyachilari oldinroqda joylashganidan foydalandi. Holand toʻpni tashlab berdi, Foden yakkama-yakka vaziyatda aniq zarba berdi — 3:1. Shu tariqa, «Siti» kuchli toʻrtlikka qaytdi, «Chelsi» esa tur yakunlariga koʻra oltinchi pogʻonaga pastladi.
Oʻyindan keyingi intervyusida Pepdan Husanov haqida soʻrashdi. Bosh murabbiy u kuchli raqiblarga qarshi bahs oldidan bor yoʻgʻi bitta mashgʻulot oʻtkazgani eslatib, «har qanday oʻyinchi xatoga yoʻl qoʻyishi mumkinligi, bunday vaziyatlar unga yaxshi saboq boʻlishi, u hali yosh va albatta oʻrganishi»ni aytib oʻtdi.«Liverpul» – «Ipsvich» 4:1
Gollar: 1:0 – 11 Soboslai, 2:0 – 35 Saloh, 3:0 – 44 Gakpo, 4:0 – 66 Gakpo, 4:1 – 90 Grivz.«Liverpul» – Alisson, Robertson, van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold, Mak Allister (Denns, 80), Gravenberh (Endo, 68), Soboslai (Elliot, 68), Gakpo (Nunes, 68), Saloh, Dias (Kiyeza, 86).«Ipsvich» – Uolton, Devis (Taunsend, 46), Grivz, O`Shi, Tuanzebe, Fillips, Morsi, Filodjin-Baydeys (Broudhed, 79), Hatchinson (Ensiso, 79), Berns (Jonson, 29), Delap (Hyorst, 79).
Oʻtgan turda Xosep Gvardiola yirik gʻalabadan (6:0) keyin ham «Ipsvich»ni maqtab, «traktorchilar» klubi bu mavsumda «Chelsi»ni engani va «MYu» bilan durang oʻynaganini eslatgandi. Chindan ham shunday natijalar boʻlgandi, ammo futbolda aynan hozir qanday formada boʻlish muhim. «Ipsvich» esa «Manchester Siti» ortidan «Enfild»da ham yirik hisobda magʻlubiyatga uchradi, mehmonlar Soboslai 11-daqiqadayoq jarima maydoni tashqarisidan toʻpni darvoza ustuni yoniga yoʻllashiga qarshilik koʻrsata olishmadi. Boʻlim oxirida esa Gakponing sa'y-harakatlari bilan hisob yirik koʻrinishga keltirildi.
Tanaffusdan keyin yana bir bor oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻygan hujumchi — oʻyinning asosiy qahramoniga aylandi. U dubl va bir golli uzatma muallifi boʻldi. Ammo barcha doimgidek Saloh haqida gapirmoqda, u Gakponing olis ustunga uzatmasidan keyin toʻpni oʻtkir burchakdan turib toʻrga aniq yoʻlladi. Misrlik hujumchi gollari sonini 176 taga etkazib, Tiyerri Anrini ortda qoldirgan holda APL tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida ettinchi oʻringa koʻtarildi. Uning keyingi moʻljali — 184 golga ega Serxio Agueroni quvib oʻtish. Salohning hozirgi formasidan kelib chiqilsa, u argentinalik sobiq futbolchini shu mavsumning oʻzida ortda qoldirishi kerak, «Liverpul» esa mavsum chempionligi uchun navbatdagi qadamni tashladi. Ikkinchi oʻrin bilan farq — olti ochkoligicha qoldi, qolaversa, mersisaydliklarda «Everton»ga qarshi kechadigan zaxira oʻyini ham bor.«Vulverhempton» – «Arsenal» 0:1
Gol: 0:1 – 74 Kalafiori.«Vulverhempton» – Joze Sa, Agbadu, Bueno, Doerti (Gedesh, 87), Mateus Kunya, Sarabiya (Bellgard, 75), Ait-Nuri (Gomesh, 87), Gomes, Andre (Doyl, 87), Semedu, Larsen (Xvan Xi Chxan, 32).«Arsenal» – Rayya, Gabriel, Saliba, Lyuis-Skelli, Timber, Rays, Parti, Nvaneri (Kalafiori, 46), Trossard, Haverts, Martinelli (Tirni, 87).Chetlatishlar: Da Silva 70 – Maylz 43
Mikel Arteta boshlangʻich tarkib tanlash bilan APLda chorak asrdan buyon kuzatilmagan ishga qoʻl urdi. Aniq qilib aytganda — 18 yoshgacha boʻlgan ikki ingliz futbolchisini ilk daqiqalardan maydonga tushirdi. Ammo 17 yoshli Nvaneridan farqli oʻlaroq, 18 yoshli Lyuis-Skelli bu safar ishonchni oqlay olmadi va birinchi boʻlim oxirida qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolga solib qoʻydi. 43-daqiqada «Arsenal» burchak zarbasini ijro etdi, toʻp jarima maydoni ichidan qaytib chiqqanida Trossar uni egallay olmadi va raqib qarshi hujumga chiqib keta boshladi, Lyuis-Skelli esa taktif fol bilan Doertini toʻxtatdi, oʻyin bosh hakami Maykl Oliver yosh futbolchiga darhol qizil kartochka koʻrsatdi.
Bu holatni soʻnggi umid foli deb hisoblab boʻlmasdi, orqaroqda londonliklar futbolchisi bor edi va qoidaga koʻra bunday vaziyat uchun sariq kartochka koʻrsatiladi. Vaziyatga VAR aralashmadi, keyinroq videohakamlar arbitrning qarori toʻgʻri boʻlgani, futbolchi raqibiga butsasining ostki qismi bilan zarba bergani uchun qizil koʻrsatganini ma'lum qildi. Holbuki kadrlarda zarba bunday berilmaganini koʻrish mumkin.«Arsenal» uchun bu joriy mavsumdagi toʻrtinchi qizil kartochka boʻldi – bu APLning joriy mavsumi uchun rekord natija. Maykl Oliver esa faoliyati davomida «kanonirlar» futbolchilariga sakkizinchi bor qizil kartochka koʻrsatgan, bu uning shaxsiy rekordi. «Arsenal» futbolchilariga bu mavsumdagi toʻrt qizil kartochkadan ikkitasini Oliver, yana ikkitasini shu kuni VAR’da ishlagan Kris Kavana koʻrsatgan.
Londonliklar bir kishi kam boʻlib qolganiga qaramay, tashabbusga egalik qilishda davom etdi, ikkinchi boʻlimda «Vulverhempton» darvozaboni Joze Sa Haversning yaqin masofadan bosh bilan yoʻllagan zarbasini oyoqlarida qaytarib qoldi. 70-daqiqada esa Joao Gomes Timberning oyogʻiga butsasining ostki qismi bilan zarba berdi va ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. Jamoalar son jihatdan tenglashganidan toʻrt daqiqa oʻtib Kalafiori gʻalaba golini urdi. Keyingi turda «kanonirlar»ni «Manchester Siti»ga qarshi jang kutmoqda.«Bornmut» – «Nottinghem Forest» 5:0
Gollar: 1:0 – 9 Klyuyvert, 2:0 – 55 Uattara, 3:0 – 61 Uattara, 4:0 – 87 Uattara, 5:0 – 90+1 Semenyo.«Bornmut» – Arrisabalaga, Kerkez, Heysen, Zabarniy, Kuk, Adams, Kristi, Semenyo, Klyuyvert (Jebbison, 88), Bruks (Taverne, 80), Uattara (Silkott-Dyuberri, 90+2).«Nottinghem Forest» – Zels, Uilyams (Moreno, 67), Murillo, Milenkovich, Ayna (Sosa, 79), Anderson, Yeyts (Dominges, 46), Elanga, Gibbs-Uayt (Avoniyi, 79), Silva (Morato, 66), Vud.
«Nottinghem» APLning joriy mavsumidagi oʻyinlarida birinchi boʻlib hisobni ochishga odatlangan (18 marta) va bu oʻyinlarda yutqazmagan. Ammo kuchli oʻyin koʻrsatayotgan «Bornmut» maydonida «oʻrmonchilar» stsenariysi ish bermadi va Klyuyvert navbatdagi muvaffaqiyatli zarbasi bilan «giloslar» jamoasini oldinga boshladi. Lekin bu hali boshlanishi edi, oxirgi sakkiz tur mobaynida magʻlubiyat nimaligini bilmagan (+7=1) Nunu Eshpiritu Santu shogirdlari ikkinchi boʻlimda parokanda boʻlib ketdi, Uattara mehmonlar himoyachilari uchun dahshatli tushga aylanib, het-trik amalga oshirdi. Ketma-ket ikki oʻyinda turnir jadvalining yuqori oʻrinlaridagi jamoalarni yirik hisobda taslim etgan Endi Iraola shogirdlari oʻzi uchun rekord darajadagi 11 oʻyindan iboratsiz magʻlubiyatsiz seriya bilan maqtanishi mumkin. Turnir jadvalida ettinchi oʻringa koʻtarilib olgan jamoa keyingi turda «Liverpul»ni qabul qiladi.«Sauthempton» – «Nyukasl» 1:3
Gollar: 1:0 – 10 Bednarek, 1:1 – 26, penalti Isak, 1:2 – 30 Isak, 1:3 – 51 Tonali.«Sauthempton» – Makkarti, Harvud-Bellis, Bednarek, Bri (Freyzer, 88), Fernandesh, Menning (Sugavara, 60), Aribo (Lallana, 89), Ugochukvu (Smollboun, 79), Uoker-Piters, Armstrong (Archer, 60), Onuachu.«Nyukasl» – Dubravka, Holl, Bern, Sher, Livramento, Joelinton, Tonali, Bruno Gimaraes (Mayli, 79), Gordon (Almiron, 88), Merfi (Longstaff, 90+2), Isak (Uillok, 80).
Oʻtgan turda «Nyukasl» «Bornmut»ga yirik hisobda yutqazib (1:4), sakkiz uchrashuvdan iborat gʻalabali seriyasini toʻxtatgandi. Autsayderga qarshi navbatdagi oʻyin ham «qargʻalar» uchun kutilmagan tezkor gol oʻtkazish bilan boshlandi. Ammo Eddi Hau jamoasi birinchi boʻlimning oʻzidayoq vaziyatni oʻz tomoniga ogʻdirdi, oʻtgan oʻyinda sakkiz oʻyinlik golli seriyasini davom ettira olmagan Isak avvaliga penaltidan hisobni tenglashtirdi, ikkinchisini oʻyindan urdi. Endi Isakning APLdagi gollari soni 48 taga etdi va u APLdagi eng sermahsul shvetsiyalik boʻlgan «Arsenal» afsonasi Freddi Yungbergga etib oldi. «Nyukasl» esa top-4 uchun kurashda «Chelsi» va «Siti» bilan raqobatlashishda davom etmoqda.Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar