13:30 / 28.01.2025
7 042

Shahram Gʻiyosov WBA va IBF chempionlari oʻrtasidagi jangga rozilik berdi

Shahram Gʻiyosov WBA va IBF chempionlari oʻrtasidagi jangga rozilik berdi
WBA yoʻnalishida yarim oʻrta vaznda majburiy da'vogar maqomiga ega boʻlgan Shahram Gʻiyosov WBA chempioni Eymantas Stanionis va IBF chempioni Jeyron Ennis oʻrtasidagi 12 aprel kuni Atlantik-Sitida boʻlib oʻtadigan jangga rozilik bildirdi.

Shahram Gʻiyosov ushbu jangga, uning gʻolibi bilan keyinchalik ringga chiqish sharti bilan rozi boʻlgan.

WBA qarori

The Ring nashri WBA'ning mazkur qarorini shunday izohladi:
“WBA yarim oʻrta vazn chempioni Eymantas Stanionisga 12 aprel kuni IBF chempioni Jeyron Ennisga qarshi birlashtiruvchi jang oʻtkazish uchun maxsus ruxsat berdi. Qoidalarga muvofiq, Stanionis jamoasi majburiy da'vogar Shahram Gʻiyosov bilan kelishuvga erishdi va Gʻiyosov jang oʻtkazilishiga rozi boʻldi”.

WBA qoidalariga koʻra, Stanionis va Ennis oʻrtasidagi jang gʻolibi 120 kun ichida Shahram Gʻiyosov bilan ringga chiqishi shart.

Shahram Gʻiyosovning jang kuni

Shuningdek, The Ring nashri ma'lumotiga koʻra, Shahram Gʻiyosov ham 12 aprel kuni Atlantik-Sitidagi ushbu boks kechasida oʻz jangini oʻtkazadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport