Kayl Uoker nega "Manchester Siti"dan "Milan"ga oʻtganini tushuntirib berdi.
- Nega "Milan"ni tanladingiz?
- Klub tarixi va Zlatan Ibragimovich menga aytib bergan loyiha tufayli.
"Milan" bilan Chempionlar ligasida gʻolib boʻlishni orzu qilaman. Bu sovrinni "Manchester Siti" bilan qoʻlga kiritganman va uni boy berganman. Ikkala vaziyatda ham boʻlishga ulgurdim.
Raqibga qarsak chalgandan, oʻz nomingga olqishlar eshitgan yaxshi, ammo bu haqida keyinroq gaplashamiz, chunki hammasi Chempionlar ligasidagi yoʻlimizga bogʻliq.
Bonus puliga toʻxtaladigan boʻlsak, futbolni pul uchun oʻynamayman. "Manchester Siti"dagi ishlar yaxshi emas edi, "Milan"ga koʻproq oʻynash va koʻplab sovrinlar yutish uchun oʻtdim.
"Siti"da 17ta sovrin yutgan boʻlsam, 34 yosh boʻlishimga qaramay toʻxtab qolmoqchi emasman. Gʻalaba qozonishni ma'qul koʻraman" - dedi Uoker.
Manba: sempremilan.com “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar