16:08 / 05.02.2025
186

"Paxtakor" bosh murabbiyi jamoasining magʻlubiyati haqida nimalar dedi?

"Paxtakor" bosh murabbiyi jamoasining magʻlubiyati haqida nimalar dedi?
"Paxtakor" Qatarda "Al Garafa"ga qarshi Elit Chempionlar Ligasi 7-tur oʻyinida maydonga tushdi va minimal hisobda magʻlub boʻldi.

"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Pedru Moreyra "Al Garafa"dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

"Oʻyin qiyin kechishini bilgandik. Chunki raqibimiz yaxshi saviyada va ularda mavsum davom etmoqda. Birinchi boʻlimda raqibga bir necha imkoniyat berdik va ular bundan foydalanishdi.

Doim gʻalaba uchun oʻynaymiz. Hozir biz navbatdagi bellashuvda yutuq haqida oʻylashimiz kerak. Ikkinchi boʻlimda yaxshi oʻynadik, sur'atni nazorat qildik. Mezbonlarga oldinga oʻtishga imkon bermadik. Faqat vaziyatlar yaratishda kamchiliklar boʻldi. Buning ustida ishlashimiz lozim. Biz endi birinchi rasmiy uchrashuvda maydonga tushdik.

Bizni stadiondan qoʻllab turgan ishqibozlarga rahmat aytaman. Ular jamoani yaxshi koʻrishadi va bunga munosib javob berishga harakat qilamiz", - Pedru Moreyra.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport