Chempionshipda 24 ta klub oʻynaydi, APLda esa 20 ta. Shuningdek, Segundada 22 ta jamoa bor, La Ligada esa 20 ta. Miqdor aslida sport printsiplari, mamlakatda futbolni rivojlantirish va raqobatni kuchaytirish tamoyillari asosida belgilanishi kerak.
Quyi ligalardagi jamoalar uchun mamlakat birinchiligida toʻp tepish murakkabroq boʻlishi va shu erga kelguncha, mehnat qilishi talab etiladi.
Misol uchun, OʻzPFL reglamentiga koʻra, kelayotgan mavsumda 16-oʻrinni olgan klub Superligani tark etadi. 12, 13, 14 va 15-oʻrinlarni olganlari esa Pro liga klublari bilan oʻtish oʻyinida ishtirok etadi.
Ayni vaqtda Pro ligada 6 ta jamoa bor. Tasavvur qilyapsizmi? Shu 6 ta jamoadan hatto 5 tasi ham Superligada ishtirok etishi mumkin. Ularning ayrimlari hali Pro liga talablariga javob beradimi, degan savol ham bor hali. Yana "Olimpik" va "Olimpik Mobiuz"ning bir ligada oʻynashidan nima naf?
Bu klublarning qarori deyilgan, ammo aslida ham shundaymi? Kimningdir buyrugʻi yoki istagi emasmikan, degan savollar ham paydo boʻladi.
Umuman olganda, mana shu absurdda qoʻli bor, klublar soni 16 ta boʻlishiga hissa qoʻshganlarning har birining miyasiga "qoyil qolamiz".
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar