date
views 729

Pep Gvardiola qiyin tanlov qilishi kerak

Pep Gvardiola qiyin tanlov qilishi kerak
Qishki transfer oynasida "Manchester Siti" toʻrtta yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Jamoa tarkibiga himoyachilar Abduqodir Husanov va Vitor Reys, yarim himoyachi Niko Gonsales hamda hujumchi Omar Marmush qoʻshildi.

Chempionlar Ligasi qoidalariga koʻra, umumiy bosqichdan soʻng har bir jamoa pley-off bosqichi uchun faqat uchta yangi futbolchini roʻyxatga kiritishi mumkin. Shu sababli, "Manchester Siti"ning yangi futbolchilaridan biri ushbu turnirda ishtirok eta olmaydi. Xosep Gvardiola muhim qaror qabul qilishi kerak boʻladi.

Ma'lumki, allaqachon Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida "Manchester Siti"ning raqibi "Real" boʻlishi aniq. Ushbu uchrashuvlar 11 va 19 fevral kunlari boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pep Gvardiola qiyin tanlov qilishi kerak